Pul haqidagi kitoblarni o‘qish — pulni ko‘paytirish yoki hech bo‘lmasa kamaymasligi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Forbes reytingiga ko‘ra, quyidagi 10 ta kitob milliarderlar, tahlilchilar, treyderlar, psixologlar va iqtisodchilar tomonidan yozilgan.
Quyida keltirilgan TOP-10 kitoblar orqali siz qanday qilib moliyaviy mustaqillikka erishish mumkinligi hamda boy bo‘lish sirlarini o‘rganishingiz mumkin.
Skott Gellouey, “Moliyaviy stoitsizm. Pulni boshqarish tamoyillari” («Финансовый стоицизм. Принципы управления деньгами»)
O‘zing millioner bo‘l — keyin boshqalarni boy bo‘lishiga yordam ber. Shu iboraga asoslanib tadbirkor, bloger va marketing’dan dars bergan Skott Gellouey o‘zining “Baxt algebrasi” («Алгебра счастья») kitobida boylikni qanday yaratish mumkinligi haqida yozgan.
“Moliyaviy stoitsizm” kitobida – u kapitalni boshqarish bo‘yicha amaliy maslahatlar beradi va bu kapitalni qayerdan olish mumkinligi haqida so‘zlaydi: qanday qilib to‘g‘ri ish tanlash kerak, bu ish daromad keltiradimi, shaxsiy moliyalarni qanday boshqariladi va byudjetni to‘g‘ri taqsimlash sirlarini o‘rgatadi. Shu jumladan, boy do‘stlarni orttirish va ularning moliyaviy odatlarini nusxalashni hamda vaqtliroq oila qurishni tavsiya qiladi.
“Har bir turmush yili kapitalni 16% ga oshiradi”, — deydi u.
Ushbu kitobda pulni boshqarish bo‘yicha aniq tavsiyalar ham mavjud: muallif ko‘plab odamlar uchun passiv investitsiyalarni moliyaviy xavfsizlikka erishishning eng yaxshi strategiyasi deb hisoblaydi.
Kitobning asosiy xabari quyidagicha:
“Yuqori daromad ta’minlang, imkon qadar kamroq sarflang, farqni oqilona investitsiya qiling — shunda albatta moliyaviy erkinlikka erishasiz”.
Bu, albatta, katta yangilik emas, lekin bundagi maslahatlar kimlar uchundir mantiqli va ilhomlantiruvchi bo‘lishi mumkin.
Robert Kiyosaki, “Boy ota, kambag‘al ota”
Amerikalik yozuvchi va investor Robert Kiyosaki kitobi — nafaqat eng bahsli, balki ro‘yxatdagi eng mashhur kitoblardan biri. U 1997-yilda nashr etilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘n millionlab nusxalarda sotilgan. Mazkur kitobi hali ham “Boy va muvaffaqiyatli bo‘lish uchun o‘qilishi kerak bo‘lgan 5 kitob” yoki “Do‘stlaringizdan boyroq bo‘lish uchun o‘qilishi kerak bo‘lgan 10 kitob” kabi ro‘yxatlardan joy olgan.
Kitob juda oddiy tilda yozilganligi va ko‘p jihatdan eskirib qolganligi haqida tanqidlar bo‘lsa-da, muvaffaqiyatli investorlar va haqiqatan ham boy bo‘lishga erishgan odamlar ko‘pincha aynan shu kitob ularning hayotini o‘zgartirganini aytishadi.
Kiyosakining asosiy g‘oyalari:
- boshqalarga qaraganda, o‘z biznesingizda ishlash yaxshiroq;
- aktivlar (pul keltiruvchi narsalar) va passivlarni (pulni olib ketadigan narsalar) ajratishni o‘rganish kerak;
- sizni baxtli qiladigan va rohatlantiradigan ish bilan shug‘ullanish kerak.
Shuningdek, bu kitobni o‘qiyotganda ehtiyotkorlik tavsiya qilinadi, chunki ba’zi g‘oyalar eskirgan yoki zamonaviy etik va ekologik tamoyillarga to‘g‘ri kelmaydi.
Uorren Baffet, “Investitsiyalar, korporativ moliya va kompaniya boshqaruvi bo‘yicha esse”
Dunyodagi eng boy odamlaridan biri, investitsiyalar sohasidagi afsonaviy shaxs va “Berkshire Hathaway” kompaniyasining asoschisi Uorren Baffet, shunday obro‘ga ega bo‘ldiki, hatto uning biografiyasi ham boy bo‘lishni xohlaganlar uchun eng yaxshi kitoblar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Bu ro‘yxatda o‘zining Berkshire Hathaway aksionerlariga yozgan maktublari to‘plami — “Investitsiyalar, korporativ moliya va kompaniya boshqaruvi bo‘yicha esse” («Эссе об инвестициях, корпоративных финансах и управлении компаниями») kitobi keltirilgan. Ushbu kitobni boshlang‘ich va tajribali investorlar o‘qishi kerak, chunki unda aktivlarni boshqarishning asosiy prinsiplari va shaxsiy moliya bo‘yicha tavsiyalar mavjud.
Kitobning afzalliklari orasida ko‘plab aforizmlar va moliyaviy qarorlar qabul qilishda foydali bo‘ladigan iboralar bor. Masalan:
“Bozor — bu pulni faol investorlardan sabrli investorlarga qaytaradigan mexanizm” yoki “Qalam uchida ko‘proq pul o‘g‘irlangan, chunki bu ko‘proq odamlarni aldash imkonini beradi.”
Benjamin Grem, “Aqlli investor. To‘liq qo‘llanma qiymatli investitsiyalarga”
Uorren Baffet bu kitobni Benjamin Gremning “eng yaxshi investitsiyasi” deb atagan.
Benjamin Grem, «оракула из Омахи» (hatto Uorren Baffet o‘z o‘g‘lini uni sharafiga atagan) ushbu kitobi 1949-yilda yozilgan va hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Benjamin bu kitobda investorlarga, xususan, hissadorlikni qimmatli investitsiyalar qilish orqali biznesning qiymatini baholash va kompaniyalar portfelini balanslashtirishning asosiy tamoyillarini o‘rgatadi.
Bu kitobda Grem, bozor narxlarining o‘zgarishlariga qarshi turish va shaxsiy hissiyotlar yordamida qarorlar qabul qilishda oldinga siljish uchun sabr-toqatni qanday saqlashni ko‘rsatadi.
Daniel Kaneman, “Sekin o‘ylang… tezroq qaror qiling”
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kaneman kitobini nafaqat o‘z mablag‘ingizni oshirish yoki uni yo‘qotmaslik uchun o‘qishingiz kerak, balki o‘zingizni yaxshiroq tushunishingiz va miyangizni ishlash usulini anglash uchun ham o‘qishingiz zarur.
Kaneman va uning hamkasbi Amos Tverski insonlarning iqtisodiy qarorlar qabul qilishda klassik iqtisodiy nazariyaga qaraganda ancha kam mantiqiy bo‘lishlarini isbotlashgan. Hozirda ularning g‘oyalari investitsiyalar, marketing, menejment va moliyaviy rejalashtirish sohalarida faol qo‘llanilmoqda.
Daniel Kaneman ikki xil fikrlash tizimini ajratib ko‘rsatadi:
- tezkor va intuitiv – avtomatik ishlaydi va energiyani tejaydi;
- sekin va tahliliy – murakkab masalalarni hal qilishda faollashadi va ko‘proq energiya talab qiladi.
Muammo shundaki, birinchisi bizni kundalik hayotda yaxshi yordam bersa-da, moliyaviy yoki investitsion qarorlar kabi murakkab vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘yishimizga olib keladi.
Mazkur kitob bizga qarorlar qabul qilishda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshirishda yordam beradi.
Rolf Dobelli, “Boshqacha o‘yla. Barcha qilishi mumkin bo‘lgan 52 ta fikrlash xatosi (va ulardan qanday qochish mumkin)”
Faylasuf, tadbirkor, WORLD.MINDS klubi asoschisi va uchuvchi Rolf Dobelli o‘z kitobini xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘qiydiganlarga mo‘ljallagan. Bu kitobda u fikrlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida aniq va soddalashtirib tushuntiradi.
«Boshqacha o‘yla» («Мысли иначе») — bu Dobellining kognitiv (fikrlash, ong) xatolarga oid birinchi kitobi bo‘lib, xalqaro bestsellerga aylangan. Unda har bir bo‘limda bir marta amalga oshirilgan fikrlashdagi xatoliklarni va uni qanday qilib bartaraf etish haqida hikoya qilinadi.
Ushbu kitob — o‘quvchilarga qanchalik ko‘p qarorlar qabul qilsa, shuncha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishini va bu xatolarni qanday kamaytirish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu kitob biznes, menejment va moliyaviy rejalashtirish sohalaridagi qarorlar qabul qiluvchilar uchun foydali.
Morgan Hauzel, “Pul psixologiyasi. Boylik, xasislik va baxt haqidagi abadiy saboqlar”
Morgan Hauzel — “The Wall Street Journal” va “The Motley Fool” nashrlarining sobiq iqtisodiy jurnalisti, CNBC muallifi, podkastchi va “Collaborative Fund” fondining hamkori. Uning bestselleri “Pul psixologiyasi” bo‘lib, yoshlar uchun moliya bo‘yicha kitoblari orasida eng yaxshi kitoblardan biri hisoblanadi.
Morgan Hauzel, odamlarning moliyaviy qarorlar qabul qilishda qanday qilib irratsional bo‘lishini (va bundan qanday omon qolish kerak), zumerlarga mos misollar bilan juda sodda va tushunarli tarzda tushuntiradi.
Kitob qisqa bo‘limlardan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda haqiqiy hayotdan, biznesdan yoki tarixdan misollar keltiriladi. Bu kitob pulni rejalashtirishni o‘rganayotgan yoki o‘zining birinchi kapitalini yig‘moqchi bo‘lganlarga foydalidir.
Endryu Kreyg, “Dunyoni qanday zabt etish kerak. Aqlli investitsiya qiling va global fikrlang”
Endryu Kreyg — britaniyalik tadbirkor va investor, “Plain English Finance” ta’lim kompaniyasining asoschisi bo‘lib, odamlarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatadi. U o‘zining karyerasini AQSHda kongressman yordamchisi sifatida boshlagan va 20 yil davomida moliya bozorlarida ishlagan, UBS, Credit Agricole va SEB kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritgan.
Kitob “Dunyoni qanday zabt etish kerak” muallifi Endryu Kreygning moliyaviy savodxonlikni o‘rgatishdagi yondashuvlarini o‘zida jamlagan. Uning fikricha, moliyaviy savodxonlik nafaqat moliyachilarning huquqi, balki har bir insonning yashash uchun kerakli asosiy mahoratidir.
Kitobda Kreyg pulni tizimli tarzda boshqarishni o‘rgatadi: aktivlar qanday ishlaydi, diversifikatsiya nima uchun muhim va boshqa masalalar. Bu kitob pulni “yostiq ostiga” qo‘yishdan ko‘ra yaxshiroq yo‘lni izlayotganlarga tavsiya etiladi.
Jek Shvager, “Bozor sehrgarlari. Eng yaxshi treyderlardan muvaffaqiyatli savdolar sirlarini o‘rganish”
Jek Shvager — uzoq yillik treyder, bozor tahlilchisi va fondlarni boshqaruvchi mutaxassis.
“Bozor sehrgarlari” (Market Wizards) kitobi — bu afsonaviy treyderlar va investorlar bilan bo‘lib o‘tgan chuqur intervyular to‘plami, ular o‘zlarining ajoyib natijalarini qanday qo‘lga kiritganliklarini o‘sha paytda o‘z hikoyalari orqali tushuntirishadi.
Kitobda Shvagerning qahramonlari muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun ularning qanday g‘alabalar va xatolarni amalga oshirganliklari haqida samimiy ravishda so‘zlashadi. Shu bilan birga, kitobda “qanday boy bo‘lish mumkin?” degan savolga yagona to‘g‘ri javob yo‘qligini ko‘rsatadi.
Barton Briggz, “Tuman ichidan chiqqan xedjer” («Вышел хеджер из тумана»)
Barton Briggz — amerikalik investor, bozor strategiyasi va o‘z vaqtida eng taniqli tahlilchilardan biri. U Morgan Stanley’ning global investitsiya strategiyasiga boshchilik qilgan va so‘ngra o‘zining xedj-fondini, Traxis Partners’ni tashkil qilgan.
Xedjer – bu fyuchers birjasida xedjlash operatsiyalarini amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt, firma yoki bank.
Kitobda xotiralar va bozorni tahlil qilishning amaliy tavsiyalari mavjud. Muallif katta pullar bilan ishlashning qiyinchiliklari va bozorlarning doimiy noaniqligi haqida so‘zlaydi. Briggz kitobida mustaqil fikrlash va psixologik barqarorlikni saqlash muhimligini ta’kidlaydi.
Avvalroq, OpenAI asoschisi Sem Altman tomonidan aytilgan hayotni o‘zgartirishga qodir 9 kitob haqida yozilgandi.
Shuningdek, Prezident qaroriga muvofiq eng ko‘p kitob o‘qigan TOP-100 nafar o‘quvchi va talabaga pul mukofoti berilishi haqida xabar bergan edik.










