Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Vazir buyrug‘iga ko‘ra, Moʻminov Sarvar Murodovich Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ta’lim va ilm-fan vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Mo‘minov Sarvar Murodovich vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi Raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sarvar Mo‘minov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida faoliyat yuritgan. U mazkur vazirlikning Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi tarkibidagi Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
