Endi texnikum o‘quvchilariga ham xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyati beriladi

Endi texnikum o‘quvchilariga ham xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyati beriladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikum o‘quvchilari ham “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijda ishlash va sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun ularga borish-kelish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qarori bilan ilmiy va innovatsion yo‘nalishda faoliyat yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Qarorga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ham “Work and Travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

 

Dastur doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada ishlash hamda sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda xorijga borish-kelish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

 

Shuningdek, Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish — EMIS RT axborot tizimida texnikum nomi, manzili, kodi, kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari, bosqichi, ta’lim shakli, o‘quvchining maqomi hamda baholari haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish belgilanadi.

 

Bundan tashqari, Migratsiya agentligi har yili 1-martga qadar “Work and Travel” dasturlari doirasida xorijda ishlash va sayohat qilish uchun chet ellik ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash choralarini ko‘radi.

 

Avvalroq, Migratsiya agentligi Germaniyada temiryo‘l montajchisi kasbini o‘rganish va ishlash istagidagi o‘zbekistonlik yoshlar uchun tanlov e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.