Yuksak maqsadlar, munosib natijalar

Yuksak maqsadlar, munosib natijalar

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shodiyonasini munosib yutuqlar bilan qarshi olish arafasida Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti jamoasi oʻz faoliyatining 5 yillik qutlugʻ sanasini ham yuksak natijalar bilan qarshi olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qisqa davr ichida Institut nafaqat sifatli taʼlim, balki ilmiy izlanish, innovatsiya va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida ham oʻz salohiyatini namoyon etib kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Buning yaqqol isboti — Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti (FTTI) talabalarining xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlov va olimpiadalarda qoʻlga kiritayotgan yuksak natijalaridir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Jumladan, Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Farmatsiya” taʼlim dasturida tahsil olayotgan 3–5-bosqich talabalari oʻrtasida “Farmatsevtik kimyo” va “Farmakognoziya” fanlari boʻyicha oʻtkazilgan II Xalqaro fan olimpiadasida Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti jamoasi I oʻrinni egalladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2025-yil noyabr oyida Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasida oʻtkazilgan xalqaro fan olimpiadasida ham institut talabalari I oʻrinni qoʻlga kiritib, Institut sharafini munosib himoya qildilar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Samarqand davlat tibbiyot universitetida oʻtkazilgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VII Xalqaro olimpiadasida ham Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalari yuqori natijalarni qayd etib, ikki nafar talaba I oʻrin, yana bir talaba esa III oʻrin sohibi boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Institut yoshlarining ilmiy-innovatsion salohiyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili oʻtkaziladigan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika koʻrik-tanlovida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2025–2026 oʻquv yilida tanlovning tuman bosqichlarida Institutning 30 nafar talabasi ilmiy va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etib, ulardan 16 nafari viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyingi saralash bosqichlari natijasida 9 nafar talaba respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eʼtiborlisi, respublika bosqichi yakuniga koʻra Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining ikki nafar talabasi mamlakatning eng iqtidorli va istiqbolli yoshlari qatorida eʼtirof etilib, “Eng iqtidorli 100 nafar yosh” safidan munosib oʻrin egalladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Institut jamoasining mehnati va faoliyatiga berilgan yuksak baho sifatida yana bir quvonchli voqea yuz berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Institut taʼsischisi, professor A.N.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Yunusxoʻjayev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, professor Sh.Z.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Umarova hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor, dotsent K.K.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ismoilov “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bu eʼtirof Institut jamoasining taʼlim, ilm-fan va yoshlar tarbiyasi yoʻlidagi samarali faoliyatiga berilgan munosib baho boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining iqtidorli talabasi Maʼrufjon Dilmurodov nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida birinchi boʻlib “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ushbu yuksak eʼtirof Institut yoshlarining bilim, iqtidor va tashabbuslari munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin namunasidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugungi yutuqlar — Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutida taʼlim va ilmiy izlanish uygʻunligi, ustoz-shogird anʼanalari, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va jamoaning fidokorona mehnati samarasidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib natijalar bilan kirib borayotgan, oʻzining 5 yillik faoliyatini yuksak yutuqlar bilan qarshi olayotgan Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti jamoasi oldida yanada ulkan maqsadlar va marralar turibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Zero, taʼlim — tadqiqotga, tadqiqot — taraqqiyotga yetaklaydi!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutining 5 yillik qutlugʻ sanasi bilan samimiy muborakbod etamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz abadiy boʻlsin!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Farmatsevtika sohasi taraqqiyoti, ilm-fan rivoji va yoshlarimiz kelajagi yoʻlidagi ezgu ishlarimiz yanada yuksak natijalar bilan davom etsin!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠