Jizzaxda voyaga yetmagan qizini zoʻrlaganlikda gumonlanayotgan otaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Jizzaxda voyaga yetmagan qizini zoʻrlaganlikda gumonlanayotgan otaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Jizzax viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqidagi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hozirda qizning xavfsizligi ta’minlangan va unga zarur psixologik hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 9-oktabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizning sababsiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmayotgani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Holat maktab psixologi bilan birgalikda o‘rganilganda, qizning ruhiy holati barqaror emasligi aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ U bilan o‘tkazilgan suhbat davomida unga nisbatan otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu haqda tuman IIBga xabar berilgan va holat yuzasidan tegishli materiallar prokuratura organlariga yuborilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, holat “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ham o‘rganilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qizning xavfsizligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida u ijtimoiy ko‘mak markaziga joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unga psixologik va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan, shuningdek, tibbiy ko‘rik hamda ekspertizaga yo‘naltirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hozirda qiz oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, uning xavfsizligi ta’minlangan va ruhiy-emotsional holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan qizning otasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, bolaning oilaviy sharoiti o‘rganilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Uni oilaga qaytarish masalasi bolaning xavfsizligi, ruhiy holati va eng ustun manfaatlari har tomonlama baholangandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari nazoratiga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠