Oʻzbekistonga eng koʻp qaysi davlatlardan talabalar kelmoqda? — statistika

Oʻzbekistonga eng koʻp qaysi davlatlardan talabalar kelmoqda? — statistika

2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida 57,6 ming nafar xorijiy fuqaro o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Ularning asosiy qismini Turkmaniston va Hindiston fuqarolari tashkil etmoqda.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 57,6 ming nafarga yetgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.

 

Mamlakatlar kesimida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari O‘zbekistonga ta’lim olish uchun kelgan. Ularning soni 21 206 nafarni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda 16 971 nafar fuqaro bilan Hindiston qayd etilgan.

 

Shuningdek, o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni quyidagi davlatlar kesimida qayd etilgan:

 

  • Tojikiston — 3 724 nafar;
  • Qirg‘iziston — 2 417 nafar;
  • Xitoy — 2 269 nafar;
  • Pokiston — 2 162 nafar;
  • Misr — 1 677 nafar;
  • Koreya Respublikasi — 1 042 nafar;
  • Filippin — 1 029 nafar;
  • AQSh — 593 nafar;
  • Turkiya — 432 nafar;
  • Janubiy Afrika Respublikasi — 385 nafar;
  • Buyuk Britaniya — 361 nafar;
  • Eron — 326 nafar;
  • Iordaniya — 314 nafar;
  • Afg‘oniston — 254 nafar;
  • Qozog‘iston — 248 nafar;
  • Bangladesh — 201 nafar;
  • Nepal — 186 nafar;
  • Rossiya — 172 nafar.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Qirg‘iziston, Rossiya va Janubiy Koreyaga safar qilganligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda xorijga ta’lim maqsadida borgan fuqarolar soni 7 355 nafarni tashkil etgan.