Ikki va undan ortiq farzandi bor yolg‘iz onalarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz beriladi

Ikki va undan ortiq farzandi bor yolg‘iz onalarga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz beriladi

16 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan yolg‘iz onalarning daromadining belgilangan qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

 

Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq, mazkur toifadagi ayollarning har oylik daromadining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravarigacha bo‘lgan qismidan daromad solig‘i undirilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda bu miqdor 1 million 917 ming 600 so‘mni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Soliq imtiyozidan foydalanish uchun har bir bola bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ota-onalar farzandini inklyuziv ta’lim sinfiga joylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lumot bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠