Global UGRAD 2027–2028 almashinuv dasturiga arizalar 2026-yil 1-dekabrdan qabul qilina boshlaydi. Dastur doirasida bakalavriat talabalari AQSh universitetlarida bir semestr o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qish, aviachipta, turar joy, ovqatlanish va boshqa xarajatlar to‘liq qoplanadi.
Global Undergraduate Exchange Program (Global UGRAD) — AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi homiyligida tashkil etiladigan xalqaro almashinuv dasturi. U 50 dan ortiq davlatning bakalavriat talabalari uchun AQShdagi universitet va kollejlarda bir semestr davomida diplomsiz tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.
Dasturga har yili taxminan 160 nafar talaba qabul qilinadi. Ishtirokchilar AQShdagi jamoat kollejlari, grant asosida faoliyat yurituvchi universitetlar hamda kichik shaharlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydi.
Dastur davomida talabalar:
- AQSh jamiyati, davlat institutlari va qadriyatlari bilan yaqindan tanishadi;
- ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
- biznes, tadbirkorlik, sun’iy intellekt va STEM kabi strategik yo‘nalishlarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.
Dastur yakunida talabalar Vataniga qaytib, fuqarolik jamiyati, muhim sanoat tarmoqlari va davlat sektorida yetakchilik salohiyatini ko’rsatadi.
Ishtirokchilar 2027-yil kuzgi (avgust–dekabr) yoki 2028-yil bahorgi (yanvar–may) semestrida qatnashadilar.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Dasturda quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin:
- Ishtirokchi davlat fuqarosi boʻlish va hozirda shu davlatda yashash (O’zbekiston fuqarolari topshira oladi);
- 2027-yil 1-avgustiga ko’ra kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlish;
- Ishtirokchi davlatdagi oliy taʼlim muassasasida kunduzgi bakalavriat talabasi boʻlish;
- Aerokosmik, qishloq xoʻjaligi, sunʼiy intellekt, biznes/tadbirkorlik, kompyuter fanlari, kiberxavfsizlik, data science, iqtisodiyot, geologiya, robototexnika, yarimoʻtkazgichlar, taʼminot zanjiri va boshqa STEM yoʻnalishlaridan birida oʻqish;
- 2028-yil maydan keyin bakalavr dasturida kamida bir semestr oʻqishi qolgan boʻlish;
- 2027-yil kuz yoki 2028-yil bahor semestrining istalgan birida qatnashishga tayyor boʻlish (semestr tanlash kafolatlanmaydi);
- Ingliz tili: TOEFL iBT boʻyicha kamida 3.5 yoki akademik tayyorgarlikdan soʻng shu natijaga erishish ehtimolini koʻrsatish;
- Akademik yutuqlar, jamoat ishlaridagi ishtirok va qoʻshimcha faoliyat orqali salohiyatni koʻrsatish;
- AQSh J-1 vizasini olish imkoniyatiga ega boʻlish, dastur tugagach Vataniga qaytib, bakalavr bosqichini yakunlash va ikki yil davomida Vatanida yashash talabini bajarish;
- Kunduzgi oʻqish, AQSh tarixi, fuqarolik faolligi va madaniyati boʻyicha kurslar, 20 soatlik jamoat xizmati, kasbiy rivojlanish treningi va dastur seminarini oʻtashga rozi boʻlish.
Nomzodning ta’lim yo‘nalishi ro‘yxatda keltirilgan nomlar bilan aynan bir xil bo‘lishi shart emas. Masalan, marketing yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba “Business” yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Quyidagi shaxslar dasturda ishtirok eta olmaydi:
- AQSh fuqarolari va doimiy rezidentlari;
- Hozirda AQShda akademik, trening yoki tadqiqot dasturida qatnashayotganlar;
- Ishtirokchi davlatlardan tashqarida yashayotgan yoki ishlayotganlar;
- AQSh hukumati homiyligidagi almashinuv dasturida 6 haftadan ortiq qatnashib, ariza muddatigacha ikki yillik vatanga qaytish talabini bajarmaganlar;
- Oxirgi 3 yilda AQShda doimiy yashash uchun ariza topshirganlar;
- Dasturni Davlat departamenti nomidan boshqaruvchi notijorat tashkilotlar xodimlari va ularning oila aʼzolari;
- AQSh Davlat departamenti xodimlari va chet eldagi AQSh vakolatxonalari mahalliy xodimlari (ish davrida va undan keyingi 1 yil davomida), shuningdek, ularning yaqin oila aʼzolari.
Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?
Global UGRAD dasturi ishtirokchilarning quyidagi xarajatlarini qoplaydi:
- Safar oldidan yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ beriladi;
- AQShga borish-kelish ekonom-klass aviachiptasi;
- O‘qish to‘lovi (tuition) va majburiy universitet to’lovlari qoplanadi;
- Kampus hududidan turar joy beriladi;
- Ovqatlanish xarajatlari;
- Zarur darsliklar;
- Oylik yashash stipendiyasi beriladi;
- Cheklangan doiradagi tibbiy sug‘urta qoplanadi.
Bundan tashqari, dastur doirasida Vashington shahrida o‘tkaziladigan Leadership and Innovation Forum (Liderlik va innovatsiyalar forumi)da ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplanadi.
Ariza topshirish tartibi
Dasturga arizalar 2026-yil 1-dekabrdan qabul qilina boshlaydi. Hozircha ariza topshirish tartibi va talab etiladigan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot e’lon qilinmagan.
Dastur bo‘yicha qo‘shimcha savollarni Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yuborish mumkin. Xat mavzusida “Global UGRAD” deb ko‘rsatish so‘raladi.
