Qozog‘istonda o‘qituvchi 7 mingta kitobdan 6 metr balandlikdagi minora yaratdi

Qozog‘istonda o‘qituvchi 7 mingta kitobdan 6 metr balandlikdagi minora yaratdi

Qozog‘iston poytaxtidagi maktab o‘qituvchisi hamkasblari bilan birgalikda 7 mingta kitobdan 6 metr balandlikdagi minora yaratdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu noodatiy inshoot orqali o‘quvchilarda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish maqsad qilingan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyiha Ostona shahridagi 12-maktabda amalga oshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uni tasviriy san’at va mehnat ta’limi o‘qituvchisi Jarkinali Boshayev boshchiligidagi maktab jamoasi yaratgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ G‘oya “Kitob o‘qiydigan millat” respublika loyihasiga hissa qo‘shish maqsadida ilgari surilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Inshootning karkasi gipsokarton uchun mo‘ljallangan metall profillardan yig‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng uning javonlariga kitoblar zich qilib joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kitoblarning barchasini ota-onalar va o‘quvchilar yig‘ib bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bu g‘oyani amalga oshirishimizni aytganimizdan keyin ota-onalar va bolalar maktabga kitob olib kela boshlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijada ikki yarim oy ichida 7 mingta kitob yig‘ildi”, — deydi loyiha muallifi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Minoraning ichki qismiga yuqori va pastki tomondan ko‘zgular o‘rnatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular inshootning tubi va yuqori qismi ko‘rinmaydigan cheksizlik effektini hosil qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qituvchi bu orqali kitob o‘qish va bilimning cheksizligini ramziy ifodalagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qozog‘istonda o‘qituvchi 7 mingta kitobdan 6 metr balandlikdagi minora yaratdi
Foto: Sputnik

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘qituvchining aytishicha, AQSHda ham kitoblardan minora qurilgan va u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning balandligi taxminan 3,2 metrni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Chexiyaning Praga shahrida esa 2 metrli kitob minorasi yaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq u yerdagi inshootda kitoblar gorizontal holatda joylashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Biz ham shunday minora yaratishga qaror qildik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ammo kitoblarni tik holatda joylashtirdik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli minoramizning balandligi 6 metrga yetdi”, — deydi o‘qituvchi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Minora o‘rnatilgan joy maktab binosining markaziy qismi bo‘lib, bo‘sh maydon uchinchi qavatgacha cho‘zilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Suratlarda inshootni joylashtirish uchun bino tomi maxsus teshilgandek ko‘rinishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ammo Boshayevning ta’kidlashicha, maktab dastlabdan shunday arxitektura loyihasi asosida qurilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois kitoblar soni ko‘paygan taqdirda minoraning balandligini ham oshirish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qozog‘istonda o‘qituvchi 7 mingta kitobdan 6 metr balandlikdagi minora yaratdi
Foto: Sputnik

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Loyiha ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabatlarga sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayrim foydalanuvchilar kitoblardan bunday maqsadda foydalanilishini tanqid qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Odamlar kitoblarni nega bunday tahqirlayapsizlar, deb yozishmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ammo bizning asosiy maqsadimiz — bolalarda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular minoradan istalgan kitobni olib o‘qishlari yoki uning muqovasiga qarab, kutubxona javonlaridan izlab topishlari mumkin”, — deydi loyiha muallifi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Qozog‘istonda 6-sinf o‘quvchisi chiqindilardan milliy libosdagi qozoq qizi siymosini yaratganligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠