Qozog‘istonda 6-sinf o‘quvchisi chiqindilardan milliy libosdagi qozoq qizi siymosini yaratdi

Qozog‘istonda 6-sinf o‘quvchisi chiqindilardan milliy libosdagi qozoq qizi siymosini yaratdi

Qozog‘istonning Temir tumanida yashovchi 6-sinf o‘quvchisi maishiy chiqindilardan milliy kiyimdagi qozoq qizi siymosini shakllantirdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

 

Qozog‘istonda Aqto‘be viloyatining Temir tumanida 6-sinf o‘quvchisi Jansaya Nurlanqizi qattiq maishiy chiqindilardan milliy libosdagi qozoq qizi siymosini yaratdi.

 

Loyiha mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Toza Qozog‘iston” («Таза Қазақстан») ekologik aksiyasi doirasida amalga oshirilgan.

 

Jansayaning aytishicha, ushbu kompozitsiyani yaratish uchun qariyb bir yarim oy vaqt sarflangan. Asar turli maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash orqali tayyorlangan bo‘lib, unda qozoq xalqining milliy qiyofasi hamda madaniy qadriyatlari aks ettirilgan.

 

Natijada, ekologik g‘oya va milliy san’at unsurlari uyg‘unlashgan o‘ziga xos badiiy kompozitsiya yaratilgan.

 

Mazkur loyiha chiqindilarni saralash va qayta ishlash faqat ekologik ehtiyoj emas, balki ijodkorlik uchun ham imkoniyat ekanini ko‘rsatadi. Jansayaning fikricha, bunday tashabbuslar o‘quvchilarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

 

Avvalroq, Kaliforniya shtatida maktab o‘quvchisi 1,5 millionta yangi kosmik obyektlarni topgani haqida xabar berilgandi.