O’zbekistonda ayollarning o’rtacha yoshi erkaklarnikidan kattaroq – Statistika

O’zbekistonda ayollarning o’rtacha yoshi erkaklarnikidan kattaroq – Statistika

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi 29,6 yoshni tashkil etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ So‘nggi 16 yilda bu ko‘rsatkich 2,6 yoshga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Poytaxt aholisi esa mamlakat hududlari orasida eng yuqori o‘rtacha yosh ko‘rsatkichiga ega.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,6 yosh bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu ko‘rsatkich aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Avvalgi hisob-kitoblarda o‘rtacha yosh 29,5 yoshni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Jinslar kesimida erkaklarning o‘rtacha yoshi 29,1 yosh, ayollarniki esa 30,2 yoshga teng.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hududlar kesimida aholining o‘rtacha yoshi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Toshkent shahri — 33,6 yosh;
Navoiy viloyati — 31 yosh;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 30,9 yosh;
Buxoro viloyati — 30,8 yosh;
Toshkent viloyati — 30,1 yosh;
Farg‘ona viloyati — 30 yosh;
Xorazm viloyati — 30 yosh;
Sirdaryo viloyati — 29,6 yosh;
Andijon viloyati — 29,3 yosh;
Namangan viloyati — 28,8 yosh;
Samarqand viloyati — 28,4 yosh;
Jizzax viloyati — 27,9 yosh;
Qashqadaryo viloyati — 27,8 yosh;
Surxondaryo viloyati — 27,4 yosh.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ko‘rsatkichlar orasida eng katta farq Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati o‘rtasida kuzatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Poytaxtda aholining o‘rtacha yoshi 33,6 yosh bo‘lsa, Surxondaryoda bu raqam 27,4 yoshni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Taqqoslash uchun, 2010-yilda O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 27 yosh bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Demak, 2026-yil boshiga kelib ushbu ko‘rsatkich 2,6 yoshga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o’tamiz,  avvalroq 2025/2026 o‘quv yilida mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni qariyb 1,5 million nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠