Har 2 talabadan biri 20 yoshga yetmagan: talabalar yoshi bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Har 2 talabadan biri 20 yoshga yetmagan: talabalar yoshi bo‘yicha statistika e’lon qilindi

2025/2026 o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlar soni va ularning yosh toifalari bo‘yicha taqsimoti ma’lum bo‘ldi.

 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni qariyb 1,5 million nafarga yetgan.

 

Yosh toifalari bo‘yicha taqsimotda 19 yoshli talabalar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Ushbu yoshdagi talabalar soni 220 598 nafarni tashkil etadi.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar yosh toifalari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

 

  • 17 yosh va undan kichiklar — 37 074 nafar;
  • 18 yosh — 200 578 nafar;
  • 19 yosh — 220 598 nafar;
  • 20 yosh — 207 146 nafar;
  • 21 yosh — 179 230 nafar;
  • 22 yosh — 116 890 nafar;
  • 23 yosh — 81 400 nafar;
  • 24 yosh — 60 409 nafar;
  • 25 yosh — 49 377 nafar;
  • 26–29 yosh — 136 855 nafar;
  • 30–34 yosh — 122 742 nafar;
  • 35–39 yosh — 69 224 nafar;
  • 40 yosh va undan kattalar — 53 483 nafar.

 

Ma’lumotlardan ko‘rinishicha, talabalar soni 18 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrda yuqori ko‘rsatkichga ega. 19 yoshli talabalar soni 220 ming nafardan oshgan bo‘lsa, 20 yoshdagilar 207 146 nafarni tashkil etgan.

21 yoshdan boshlab talabalar sonida pasayish kuzatildi. Biroq 26–29 yosh oralig‘idagi talabalar soni 136 855 nafarga yetib, 25 yoshli talabalar ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.

 

Shuningdek, 30–34 yoshdagi 122 742 nafar, 35–39 yoshdagi 69 224 nafar hamda 40 yosh va undan katta 53 483 nafar fuqaro ham oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olmoqda.

 

Avvalroq, talabalar uchun kontraktni toʻlash muddati yana uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.