Talabalar uchun kontraktni toʻlash muddati yana uzaytirildi

Talabalar uchun kontraktni toʻlash muddati yana uzaytirildi

Yangi oʻquv yili uchun kontraktni toʻlash va talabalarni oʻqishga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati yana uzaytirildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, yangi oʻquv yili uchun oliygohlarda kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilish jarayoni 15-oktyabrga qadar uzaytirilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim va ilm-fan vazirligining maʼlum qilishicha, talabalar uchun yana qoʻshimcha muddat berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaʼni, 2026-2027-oʻquv yili uchun kontraktni toʻlash va abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan hamda oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Belgilangan muddatga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlangan. Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi taʼlimida oʻqiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Arizalar kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida koʻrib chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠