Chexiyada matematika yoʻnalishi bo’yicha magistratura bosqichida 2 yil oʻqish uchun grant dasturi

Chexiyada matematika yoʻnalishi bo’yicha magistratura bosqichida 2 yil oʻqish uchun grant dasturi

Chexiya Respublikasi Prague Mathematics Tuition Fee Scholarships (PMTFS) grantini eʼlon qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Grant Charlz Universitetining “Matematika va fizika” fakulteti magistratura bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dasturda 8 yoʻnalishdan birida oʻqish imkoni mavjud va har bir yoʻnalish uchun 2 tagacha nomzod qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Magistratura bosqichida oʻqish 2 yil davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur uchun ishtirokchilarning akademik koʻrsatkichi va istiqomat qiladigan davlatiga qarab 4,200 yevrodan 21,600 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaʼni grantni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi. Universitetning magistratura bosqichiga alohida, grant uchun alohida ariza topshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Grant uchun ham universitet uchun ham ariza qabul qilish jarayoni 2026-yil 30-aprelgacha davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maqbullik shartlari

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Grantga barcha davlat, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham ariza topshirishlari mumkin;
  • Dasturga magistratura bosqichini Charlz Universiteti “Matematika va fizika” fakultetining quyidagi yoʻnalishlardan birida oʻqishni xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Computational Mathematics;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Financial and Insurance Mathematics;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Mathematical Analysis;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Mathematical Structures;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Mathematics for Information Technologies;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Probability;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Mathematical Statistics and Econometrics;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Mathematical Modelling in Physics and Technology;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Darslar ingliz tilida oʻqitiladi, shuning uchun ham nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.
  • Dastur saralash bosqichida nomzodlarni tanlab olish universitet matematika va fizika fakulteti dekani tomonidan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Nomzodlarni saralashda ularning akademik koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuning uchun ham ishtirokchilarning akademik koʻrsatkichlari yaxshi boʻlishi kerak;
  • Nomzodlar ayni damda boshqa grant yoki dastur ishtirokchisi boʻlmasligi lozim;
  • Ishtirokchilardan belgilangan muddatgacha universitetga ham, grantga ham ariza topshirish soʻraladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar nomzod universitetga qabul qilinmasa grant sohibiga ham aylana olmaydi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Foydali tomonlari

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • 2 yilgacha magistratura bosqichida o’qish uchun kontrakt puli qoplab beriladi;
  • Talabalar dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 246-oʻrinni egallab turgan Charlz universitetida oʻqish imkonini qoʻlga kiritishadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hujjat topshirish

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • universitetning magistratura bosqichiga alohida, grant uchun alohida ariza topshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Grant uchun ham universitet uchun ham ariza qabul qilish jarayoni 2026-yil 30-aprelgacha davom etadi;
  • nomzodlardan avvalambor Student Information System tizimida roʻyxatdan olish soʻraladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ (Roʻyxatdan oʻtish uchun “Create a new application” qismiga kirish kerak);
  • soʻngra ishtirokchilar universitetdagi yoʻnalishlardan birini tanlab hujjat topshirishlari kerak;
  • universitetga hujjat topshirilgandan keyin grant uchun ham ariza topshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Grantga ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– CV;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Motivatsion xat;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Ilmiy ishlar roʻyxati (agar chop etilgan ilmiy ishlar boʻlsa);⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Diplom ilovasi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Grant uchun yozilgan ariza;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Ish joyi yoki ilmiy rahbar tomonidan berilgan 2 ta tavsiyanoma;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • dastur uchun saralangan nomzodlar 2026-yil may oyi oʻrtalarida onlayn intervyuga chaqiriladi;
  • intervyudan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar 2026-yil 31-mayda eʼlon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar biror tanlagan nomzod universitetda oʻqishni rad etsa, uning oʻrniga boshqa ishtirokchi tanlab olinadi;
  • nomzodlar grant asosida faqatgina Charlz universitetida oʻqishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Oʻqishni boshqa universitetga koʻchirish imkoni yoʻq;
  • Charlz universitetining magistratura yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirish uchun 1500 krona (taxminan $70 dollarga teng) miqdorida badal puli mavjud.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma! Barcha hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hujjatlarni pdf formatida yuklash soʻraladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Grant arizasi ushbu havola orqali “PMTFS application-your name” (your name qismiga ishtirokchilar ism-familiyalarini yozishlari kerak) shaklida nomlab joʻnatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tavsiyanomani esa toʻgʻridan toʻgʻri ushbu havolaga “PMTFS recommendation – your name” shaklida nomlab joʻnatish kerak boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar ishtirokchilar hali bakalavr diplomini olmagan va universitetning yakuniy bosqichida oʻqiyotgan boʻlishsa, buni tasdiqlovchi hujjat soʻraladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturga ariza topshirish jarayoni va talablari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Charlz universitetida hujjat topshiriladigan magistratura yoʻnalishlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠