UNESCO o‘qituvchilarning malaka oshirishini huquq sifatida tan olishga chaqirdi

UNESCO o‘qituvchilarning malaka oshirishini huquq sifatida tan olishga chaqirdi

UNESCO yangi hisobotida o‘qituvchilarning butun faoliyati davomida malakasini oshirish imkoniyatini huquq sifatida tan olishga chaqirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ma’lumotlar mavjud mamlakatlarning atigi 45 foizida pedagoglar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish majburiy hisoblanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

UNESCO va Education 2030 bo‘yicha O‘qituvchilar xalqaro ishchi guruhi (Teacher Task Force) hamkorligida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga bag‘ishlangan yangi global hisobot e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 23-noyabr kuni Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida taqdim etilgan «Global Report on Teachers: Advancing teacher professional development through lifelong learning» nomli hisobotda pedagoglarning malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va uni har bir o‘qituvchining huquqi sifatida tan olish taklif qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hisobotda qayd etilishicha, ma’lumotlari to‘liq bo‘lgan mamlakatlarning atigi 45 foizida maktabgacha ta’limdan o‘rta ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi majburiy etib belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, qishloq hududlari, imkoniyatlari cheklangan va inqirozdan zarar ko‘rgan joylarda faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning malaka oshirish imkoniyatlari boshqa hududlarga nisbatan cheklangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

UNESCO bir martalik seminar va treninglar bilan cheklanib qolmasdan, pedagoglarning muntazam bilim olishi, hamkasblari bilan tajriba almashishi, ustoz-shogird tizimida ishlashi va kundalik pedagogik faoliyat orqali o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash zarurligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashkilot hukumatlarga qanday tavsiyalar berdi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hisobotda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini yaxshilash bo‘yicha oltita asosiy tavsiya ilgari surilgan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • pedagoglarning butun faoliyati davomida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan yaxlit tizim yaratish;
  • malaka oshirishni har bir o‘qituvchining huquqi sifatida tan olish va buning uchun zarur mehnat sharoitlarini ta’minlash;
  • ta’lim dasturlarini pedagoglarning tajribasi, ehtiyojlari va kasbiy faoliyat bosqichlariga moslashtirish;
  • hamkorlik, tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini shakllantirish;
  • o‘qituvchilarni shunchaki bilim oluvchi emas, balki yangi bilim va tajriba yaratuvchi mutaxassis sifatida e’tirof etish;
  • pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun xalqaro hamkorlik va uzoq muddatli moliyalashtirishni kuchaytirish.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

UNESCO hisobotida sun’iy intellekt va boshqa yangi texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ham o‘qituvchilar malakasini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, UNESCO Yevropa Ittifoqi ko‘magida O‘zbekistonda kasbiy ta’limni rivojlantirish loyihasini amalga oshirayotgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠