Namanganlik 6-sinf o‘quvchisi Xitoyda jahon chempioni bo‘ldi

Namanganlik 6-sinf o‘quvchisi Xitoyda jahon chempioni bo‘ldi

Jahongir Bahodirov trampolin bo‘yicha Xitoyning Nankin shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U 8 karra O‘zbekiston chempioni va 6 karra kubok sohibi ham hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Namangan shahridagi 1-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Jahongir Bahodirov trampolin bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yosh sportchi 6 yoshidan buyon trampolin bilan muntazam shug‘ullanib keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U 2025-yilda Ispaniyaning Pamplona shahrida o‘tkazilgan musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kuni kecha esa Xitoyning Nankin shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Jahongir Bahodirov Ozarbayjonda o‘tkazilgan terma jamoa yig‘inlarida ham faol ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, Qozog‘iston va Rossiyada tashkil etilgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirga qadar 8 karra O‘zbekiston chempioni va 6 karra kubok sohibiga aylangan yosh sportchining kelgusi maqsadi — Olimpiya o‘yinlarida qatnashish va xalqaro arenalarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, gulistonlik talaba belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠