Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

Telefonni bir necha daqiqaga ko‘rish niyatida bo‘lib, bir soatlab ijtimoiy tarmoqlarni varaqlab qolish ko‘pchilikka tanish holat. Ayniqsa, salbiy va xavotirli xabarlarni to‘xtovsiz ko‘rish “doomscrolling” deb ataladi. Bu holatga keyingi postda nima borligini bilmaslik, yangilikka qiziqish va ayrim hollarda zerikish yoki yoqimsiz hissiyotlardan chalg‘ish istagi sabab bo‘lishi mumkin.

 

Doomscrolling — internet yoki ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa salbiy, xavotirli yoki qo‘rqinchli xabarlarni to‘xtovsiz varaqlash odati.

 

Masalan, odam “yana bitta xabarni ko‘raman, keyin telefonni qo‘yaman” deb o‘ylaydi. Ammo keyingi xabarda nima borligini bilmagani uchun yana pastga suradi. Shu tariqa bir necha daqiqa deb boshlangan jarayon uzoq vaqt davom etib ketadi.

 

Bu har doim ham insonning irodasi zaifligi bilan bog‘liq emas. Telefon va ijtimoiy tarmoqlarning o‘zi ham odamni keyingi kontentni ko‘rishga undaydigan tarzda ishlaydi.

 

Nega “yana bittasini ko‘raman” deb davom etaveramiz?

 

Buning oddiy sababi bor: keyingi postda nima chiqishini bilmaymiz.

 

Jarayon taxminan shunday kechadi:

 

  • telefonni ochamiz;
  • ekranni pastga suramiz;
  • keyingi xabar nima bo‘lishini bilmaymiz;
  • qiziq yoki muhim narsa chiqishini kutamiz;
  • keyingi post qiziq bo‘lishi mumkinligi uchun yana suramiz.

 

Bu yerda “dopamine” deb ataladigan modda ham rol o‘ynaydi. Dofamin — miyada biror narsani kutish, izlash va unga intilish bilan bog‘liq kimyoviy modda.

 

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

 

Muhimi, dofamin faqat yoqimli narsani ko‘rganimizda emas, uni kutayotganimizda ham faol bo‘ladi.

 

Shuning uchun, ba’zan bizga yoqimli kontentning o‘zi emas, “keyingi post qiziq bo‘lishi mumkin” degan kutishning o‘zi telefonni yana ochishga undaydi.

 

Nega ijtimoiy tarmoqlarda bu odat kuchliroq?

 

Oddiy mashg‘ulotlarning aksariyatida oxirgi nuqta bor. Masalan, film tugaydi, kitobning oxirgi sahifasi bor yoki o‘yin yakunlanadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda esa cheksiz lenta mavjud. Ya’ni siz qancha pastga tushsangiz, yangi postlar chiqaveradi.

 

Shuning uchun “endi bo‘ldi” degan tabiiy chegara paydo bo‘lmaydi.

 

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

 

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi algoritm — foydalanuvchiga qaysi kontentni ko‘rsatishni tanlaydigan tizim — uning qiziqishlarini kuzatib boradi.

 

Masalan, siz ma’lum mavzudagi videolarni ko‘p ko‘rsangiz, platforma sizga shunga o‘xshash videolarni yana ko‘rsatishi mumkin.

 

Natijada foydalanuvchi o‘ziga qiziq bo‘lgan yoki kuchli hissiyot uyg‘otadigan kontentni ketma-ket ko‘rib boradi.

 

Doomscrolling faqat yangilik ko‘rish bilan bog‘liqmi?

— Yo‘q.

 

Ba’zi odamlar telefonga ma’lumot olish uchun emas, o‘zini boshqa narsadan chalg‘itish uchun murojaat qiladi.

 

Masalan, odam:

 

  • zerikkanida;
  • yolg‘iz qolganida;
  • kayfiyati tushganida;
  • xavotirlanganida;
  • juda charchaganida telefonni olib, ijtimoiy tarmoqlarni varaqlashi mumkin.

 

Bunday paytda telefon vaqtincha chalg‘itadi. Inson o‘zidagi noqulay hissiyot haqida kamroq o‘ylaydi.

 

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

 

Ammo bu muammoni hal qilmaydi. Faqat unga bir muddat e’tibor bermaslikka yordam beradi.

 

Nega uzoq vaqt skroll qilgandan keyin odam charchab qoladi?

 

Telefonni ko‘rib o‘tirganda tana deyarli harakatsiz bo‘ladi. Shu sababli odam “dam oldim” deb o‘ylashi mumkin.

 

Ammo uzoq vaqt davomida turli xabar, video va tasvirlarni ko‘rish miyani tinchlantirmasligi mumkin.

 

Natijada skroll qilishdan keyin:

 

  • boshda og‘irlik;
  • kayfiyat tushishi;
  • diqqatni jamlash qiyinlashishi;
  • vaqtni behuda sarflagandek his qilish;
  • ichki bezovtalik paydo bo‘lishi mumkin.

 

Ya’ni telefon oldida o‘tirish har doim ham dam olish degani emas.

 

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

 

Nega odamlar telefonda boshqa odamlarni ko‘rib, o‘zini yolg‘iz his qilishi mumkin?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda biz yuzlab odamlarning hayotini ko‘ramiz: ular qayerga borganini, nima qilayotganini, qanday yashayotganini kuzatamiz.

 

Bu bizga odamlar bilan “aloqada” bo‘lgandek tuyulishi mumkin. Ammo bu haqiqiy muloqotning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.

 

Masalan, do‘stingiz bilan gaplashish uchun savol berish, javob qaytarish va suhbatda ishtirok etish kerak. Ijtimoiy tarmoqda esa boshqa odamlarning hayotini shunchaki kuzatib turishning o‘zi kifoya.

 

Shuning uchun inson ko‘plab odamlarning postlarini ko‘rsa ham, o‘zini yolg‘iz his qilishi mumkin.

 

Doomscrolling’ni qanday kamaytirish mumkin?

 

Buning uchun faqat “telefonni qo‘y” deyish yetarli bo‘lmasligi mumkin.

 

Avvalo, nega telefonni olayotganingizni tushunishga harakat qilish kerak.

 

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

 

O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring:

 

  1. Men hozir nima uchun telefonimni ochdim?
  2. Men haqiqatan ham biror ma’lumot izlayapmanmi?
  3. Yoki shunchaki zerikyapmanmi?
  4. Kayfiyatim yomonligi uchun telefonga murojaat qilyapmanmi?
  5. Hozir nimadandir chalg‘ishni xohlayapmanmi?

 

Agar sababni tushunsangiz, boshqa yo‘lni tanlash osonroq bo‘ladi.

 

Masalan, zerikayotgan bo‘lsangiz, qisqa sayr qilish yoki kitob o‘qish mumkin. Yolg‘iz bo‘lsangiz, yaqin inson bilan suhbatlashish mumkin. Charchagan bo‘lsangiz, telefonni ko‘rish o‘rniga qisqa dam olishga harakat qilish mumkin.

 

Umuman olganda, boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish ham mumkin. Masalan, qilishni xohlagan yoki oldin qilib ko‘rmagan ishlarni qilish. Shuningdek, yangi mashg‘ulotlar o‘ylab topish ham samarali bo‘ladi. Hobby’lar ro‘yxatini tuzib birin-ketin ularni bajarib chiqish ham ayni muddao.

 

Bir video, keyin yana bir video: Nega Reels ko‘rib, ijtimoiy tarmoqda soatlab qolib ketamiz?

 

Eng muhimi — o‘zingizni ayblamaslik

 

Doomscrolling’ni kamaytirish “irodam kuchsiz ekan” deb o‘zini ayblashdan boshlanmasligi kerak.

 

Avvalo, qachon va nima sababdan ko‘p skroll qilayotganingizni aniqlash muhim.

 

Inson o‘z odatini anglay boshlaganida, telefonni avtomatik ravishda ochishdan oldin bir necha soniya to‘xtab, tanlov qilish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Shu sababli maqsad faqat telefonni butunlay tashlab qo‘yish emas. Telefondan qachon va nima uchun foydalanayotganini ongli ravishda nazorat qilish ham muhim.

 

Doomscrolling’ni tushunishning eng oddiy yo‘li shuki: ba’zan biz telefonni ma’lumot olish uchun emas, o‘zimizni qandaydir hissiyotdan chalg‘itish uchun ochamiz. Buni anglash esa odatni o‘zgartirishdagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin.

 

Avvalroq, 14 yoshgacha ijtimoiy tarmoqda akkaunti bor o‘quvchilar ayrim fanlardan pastroq natija ko‘rsatishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilgandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish