Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 10-avgust kuni 2026-yilgi bitiruv marosimi o‘tkazildi. Diplom olgan bitiruvchilarning ayrimlari o‘qish davridayoq ish boshlagan bo‘lsa, boshqalari ta’limni magistratura yoki xorijiy universitetlarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bitiruv marosimi universitet talabalari uchun bir bosqichning yakunini anglatdi. Biroq ayrim bitiruvchilar uchun keyingi bosqichga tayyorgarlik o‘qish davridayoq boshlangan.
Joriy yilning 10-avgust kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2026-yilgi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bakalavriat va magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori akademik natijalarga erishgan bir qator talabalar o‘qish davridayoq universitetning hamkor kompaniyalarida ish boshlagan. Bunda talabaning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, o‘qish davomida shakllantirgan amaliy ko‘nikmalari ham muhim o‘rin tutadi. Hamkor tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar orqali ayrim talabalar diplom olishni kutmasdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Bitiruv marosimida yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarga magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun yo‘llanmalar berildi. Bu ularga tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkonini beradi.
KIUTda bakalavriat bilan bir qatorda magistratura va doktorantura dasturlari ham mavjud. Shu sababli bakalavriatni tamomlagan talabalar o‘z ta’lim yo‘lini keyingi bosqichda ham davom ettirishlari mumkin.
Universitetdagi xalqaro hamkorliklar esa talabalarning ta’limini xorijda davom ettirishiga ham imkon beradi. KIUT Janubiy Koreya va boshqa davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib, talabalar uchun qo‘shma ta’lim, transfer va almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.
Masalan, 2+2 qo‘shma diplom dasturida talaba bakalavriatning dastlabki ikki yilini KIUTda, keyingi ikki yilini esa Janubiy Koreyadagi hamkor universitetda davom ettirishi mumkin.
Bundan tashqari, talabalar bir semestr davomida xorijiy hamkor universitetda tahsil olishi yoki bakalavriatni tugatgach, magistraturani ham xorijda davom ettirishi mumkin. Universitetning Janubiy Koreyadagi hamkorlari qatorida Pusan National University, Sunchon National University, Kangwon National University, Kookmin University, Chungbuk National University va boshqa oliy ta’lim muassasalari bor.
Bunga KIUT bitiruvchilarining xorijdagi faoliyati ham misol bo‘la oladi. Masalan, KIUT bitiruvchisi Mohichexra Bahromova qo‘shma ta’lim dasturi asosida Janubiy Koreyada tahsil olgan. Hozirda u Gangnam Grand Eye Clinic klinikasida koordinator sifatida faoliyat yuritmoqda.
Yana bir misol — Turizm yo‘nalishi bitiruvchisi Ulug‘bek Mamajonov. U Italiyaning Sapienza University of Rome universitetida magistratura bosqichini 110/110 Cum Laude — eng yuqori natija bilan tamomlagan. KIUTdagi bakalavriat ta’limini ham imtiyozli diplom bilan yakunlagan.
Xorijda ta’lim olish bilan bir qatorda, xalqaro mehnat bozorida ishlayotgan bitiruvchilar ham bor. Universitetning Yaponiyadagi kompaniyalar bilan hamkorligi doirasida “Arxitektura va shaharsozlik” yo‘nalishi bitiruvchilari bilan suhbatlar o‘tkazilgan. Natijada ushbu yo‘nalish bitiruvchilari Ravshan Ravshanbekov va Davronbek Rahimov Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi qurilish va loyihalash kompaniyalaridan biri — Setsubi Giken kompaniyasiga ishga qabul qilingan.
Bu yilgi bitiruv marosimida universitetning hamkor tashkilotlari, kompaniyalar rahbarlari va ish beruvchilar vakillari ham ishtirok etdi.
Faxriy mehmonlar qatorida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, taniqli xalqaro hakam Ravshan Irmatov ham qatnashib, bitiruvchilarni yangi bosqich bilan tabrikladi. Tadbir bitiruvchilar qasamyodi va an’anaviy qalpoq otish lahzalari bilan yakunlandi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Hujjatlarni onlayn tarzda admission.kiut.uz platformasi orqali topshirish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Tel: +998 78 129 40 40









