2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 7 355 nafar o‘zbekistonlik o‘qish maqsadida xorijga yo‘l olgan. Janubiy Koreya esa eng ko‘p tanlangan davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro ta’lim olishni istagan abituriyentlar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari ham muqobil imkoniyatlardan biri hisoblanadi.
Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalarga bakalavriatning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini esa hamkor xorijiy universitetda davom ettirish imkonini beradi. Natijada ular xalqaro ta’lim muhitida tahsil olib, xorijiy tajriba orttirishi, ayrim dasturlar doirasida esa qo‘shma diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ana shunday qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hisoblanadi. Universitet Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa qator davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik doirasida talabalar qo‘shma ta’lim, akademik almashinuv va xorijda o‘qishni davom ettirish dasturlarida ishtirok etishi mumkin.
Janubiy Koreyada o‘qish imkoniyati
2018-yilda tashkil etilgan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) bugungi kunda Janubiy Koreyaning bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumi asosida qo‘shma dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.
Hamkor universitetlar ro‘yxati:
1. Pusan National University
2. Sunchon National University
3. Kangwon National University
4. Kookmin University
5. Chungbuk National University
6. Sungshin Women’s University
7. Woosong University
8. The Academy of Korean Studies
9. Cheongju University
Talabalar o‘z yo‘nalishiga qarab bir nechta xalqaro dasturlardan foydalanishi mumkin.
Jumladan, 2+2 qo‘shma diplom dasturi orqali bakalavriatning dastlabki ikki yilini KIUTda, keyingi ikki yilini Janubiy Koreyadagi hamkor universitetda o‘qib, ikki universitet diplomiga ega bo‘lish mumkin.
Bundan tashqari, exchange dasturlari orqali talabalar 2-kursdan 4-kursgacha bo‘lgan davrda, bir semestr davomida Janubiy Koreyadagi universitetlardan birida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Transfer dasturi orqali esa o‘qishni to‘liq hamkor universitetga ko‘chirishi mumkin. U yerda o‘qishni to‘liq yakunlab, Koreya universiteti diplomi bilan bitiradi.
Bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar uchun hamkor universitetlarda magistratura bosqichini davom ettirish imkoniyati ham mavjud.
Shuningdek, universitetda 3,5+1,5 modeli ham joriy etilgan. Unga ko‘ra, talaba bakalavriatning asosiy qismini (7 semestrini) KIUTda tamomlab, keyinchalik Chungbuk National Universityda magistratura bosqichini davom ettirishi mumkin.
Hamkorlik doirasida amaliy dasturlar ham mavjud
Xalqaro tajriba va amaliy ko‘nikma mehnat bozorida tobora muhim omillardan biriga aylanmoqda. Universitet ham xalqaro akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish bilan birga talabalarni xorijiy mehnat bozori talablariga tayyorlash yo‘nalishida ham hamkorlikni kengaytirib bormoqda.
Yaqinda KIUTda Yaponiyaning qurilish va muhandislik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar arxitektura va qurilish, logistika hamda oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, talabalarni yapon tili va ish madaniyatiga tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Bu hamkorlik amaliy natija ham bera boshlagan. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, ‘‘Arxitektura va shaharsozlik’’ yo‘nalishi bitiruvchilari Ravshan Ravshanbekov va Davronbek Rahimov Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi TOP-5 qurilish va loyihalash kompaniyalaridan biri — Setsubi Giken kompaniyasiga ishga qabul qilingan.

Bitiruvchilar xalqaro universitetlarda ham o‘qishni davom ettirmoqda
Universitet bitiruvchilari orasida xorijda ta’limni davom ettirayotganlar ham bor.
Masalan, Turizm yo‘nalishi bitiruvchisi Ulug‘bek Mamajonov Italiyaning dunyoning TOP-150 taligiga kiruvchi Sapienza University of Rome universitetida magistratura bosqichini 110/110 Cum Laude — eng yuqori natija bilan tamomlagan.

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida Janubiy Koreyada tahsil olgan KIUT bitiruvchisi Mohichexra Bahromova esa hozirda Gangnam Grand Eye Clinic klinikasida faoliyat yuritmoqda hamda universitet va Janubiy Koreya klinikalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etmoqda.

Universitet haqida
Bugungi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 38 ta bakalavriat, 22 ta magistratura hamda 29 ta doktorantura (PhD) yo‘nalishi mavjud. Universitetda 40 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Abituriyentlar kunduzgi va kechki ta’lim shakllarini tanlashi mumkin. Universitet davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi, bitiruvchilarga beriladigan diplom O‘zbekiston hududida tan olinadi.
Hujjatlarni qanday topshirish mumkin?
2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida hujjatlarni universitetning admission.kiut.uz onlayn platformasi orqali yoki universitetga tashrif buyurgan holda topshirish mumkin.
Ayni damda universitetda bakalavriat bilan bir qatorda magistratura, doktorantura hamda ikkinchi mutaxassislik dasturlariga ham qabul davom etmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Tel: +998 78 129 40 40






