To‘rt yildan keyin diplom emas, ish o‘rni muhim bo‘ladi. Bugun universitet tanlayotgan minglab abituriyentlar aslida kelajakdagi kasbini tanlamoqda. So‘nggi statistikalar biznes, moliya va boshqaruv yo‘nalishlari mehnat bozorida eng talabgir sohalardan biriga aylanganini ko‘rsatmoqda.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan Bitiruvchilar sifati indeksining dastlabki natijalariga ko‘ra, 2025-yilda biznes va boshqaruv yo‘nalishi bitiruvchilari o‘rtacha 8,5 million so‘m oylik ish haqi bilan barcha yo‘nalishlar orasida yetakchilik qilgan. Mazkur yo‘nalish bitiruvchilar sifati indeksi bo‘yicha ham eng yuqori natijalarni qayd etgan yo‘nalishlardan biri bo‘ldi.
Shu bilan birga, yaqinda Oliy Majlisda bo‘lib o‘tgan ‘‘Hukumat soati’’da ham oliy ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.
Xo‘sh, biznes, moliya va xalqaro iqtisodiyot sohalarida zamonaviy bilim hamda xalqaro tajriba olishni istagan abituriyentlar uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
Nazariya emas, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Biznes va moliya maktabi aynan zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirilgan ta’lim dasturlarini taklif etadi.
Biznes va moliya maktab tarkibida quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari mavjud:
- Biznesni boshqarish;
- Moliya;
- Bank ishi;
- Buxgalteriya hisobi;
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Xalqaro marketing;
- Turizm.
Mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar faqat auditoriyada nazariy bilim olish bilan cheklanib qolmaydi. Ta’lim jarayonida biznes jarayonlari, moliyaviy tahlil, strategik boshqaruv, marketing loyihalari, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat va zamonaviy boshqaruv texnologiyalari asosida amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.
Masalan, Biznesni boshqarish yo‘nalishida strategik boshqaruv, marketing, logistika boshqaruvi, investitsiyalar, inson resurslarini boshqarish hamda raqamli biznes va elektron tijorat fanlari chuqur o‘qitiladi.
Buxgalteriya hisobi yo‘nalishida talabalar moliyaviy va boshqaruv hisobi, audit moliyaviy tahlil, soliqqa tortish tizimi, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari hamda elektron hisob va raqamli moliya tizimlari bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.
Bank ishi va Moliya yo‘nalishlari esa bank tizimi, investitsiyalar, korporativ moliya, moliyaviy tahlil va risklarni boshqarish kabi bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Auditoriyadan ish bozoriga
Mehnat bozorida ish beruvchilar diplom bilan bir qatorda amaliy tajribaga ham katta e’tibor qaratmoqda.
Shu maqsadda universitetda ‘‘Ipak yo‘li’’ banki bilan hamkorlikda Fintech Innovation markazi tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy tashkilotlaridan biri — Octobank bilan hamkorlik memorandumi imzolangan.
Bundan tashqari, Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlari doirasida “Evolution” muzeyi tashkil etilgan bo‘lib, u talabalarning amaliy bilim, innovatsion fikrlash va professional ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Diplom bilan birga xalqaro tajriba ham
Bugungi kunda ish beruvchilar nafaqat diplomga, balki xalqaro tajriba va zamonaviy ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratmoqda. Shu bois Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Biznes va moliya maktabida talabalar xalqaro akademik hamkorlik dasturlari orqali o‘qish davomida xorijiy tajriba orttirish imkoniyatiga ega.
Biznesni boshqarish, Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlarida Janubiy Koreya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Turkiya, Latviya, Malayziya va boshqa davlatlardagi hamkor universitetlar bilan 2+2, exchange, summer school, winter school, xorijda o‘qish hamda amaliyot dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.
Bu imkoniyatlardan talabalar amalda ham foydalanmoqda. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Moliya, Bank ishi va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlarining 34 nafarga yaqin talabalari, Biznesni boshqarish yo‘nalishining esa 14 nafar talabasi xorijiy hamkor universitetlarda tahsil olib, xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etgan.
Bitirgach qayerda ishlash mumkin?
Biznes va moliya maktabi bitiruvchilari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega. Ta’lim yo’nalishiga qarab ular:
- tijorat va investitsiya banklarida;
- xalqaro va mahalliy kompaniyalarda;
- auditorlik va konsalting tashkilotlarida;
- Sug‘urta kompaniyalarida;
- eksport-import korxonalarida;
- marketing va reklama agentliklarida;
- fintech hamda elektron tijorat kompaniyalarida;
- davlat moliya organlarida;
- turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi tashkilotlarda;
- xususiy biznes va startap loyihalarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Bitiruvchilar moliyaviy menejer, biznes tahlilchi, auditor, bank mutaxassisi, marketing menejeri, investitsiya tahlilchisi, HR menejeri, loyiha menejeri, eksport menejeri, turizm menejeri va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat olib borish imkoniyatiga ega.
Grant imkoniyati ham mavjud
2026/2027-o‘quv yili qabulida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Biznes va moliya maktabi yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar orasida kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan TOP-10 nafar abituriyent uchun universitet grantlari ajratiladi.
Ushbu fakultet tarkibidagi barcha yo‘nalishlarda kunduzgi va kechki ta’lim shakllari mavjud bo‘lib, qabul tegishli fandan test yoki suhbat asosida amalga oshiriladi.
Mehnat bozori ehtiyojlari shuni ko‘rsatmoqdaki, muvaffaqiyatli karyera ko‘p jihatdan to‘g‘ri tanlangan mutaxassislik va sifatli ta’limga bog‘liq. Biznes, moliya va boshqaruv yo‘nalishlari esa nafaqat bugun, balki yaqin yillarda ham iqtisodiyotning eng talabgir sohalaridan biri bo‘lib qolishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Instagram: instagram.com/kiut.official
Facebook: facebook.com/kiut.official
YouTube: youtube.com/@kiut.official
Qabul platformasi: admission.kiut.uz
Tel: +998 78 129 40 40




