Samarqand shahridagi 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchilari pedagog kadrlar attestatsiyasida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabning besh nafar o‘zbek tili fani o‘qituvchisi attestatsiya sinovlarida yuqori ball to‘plagan.
Ularning natijalari quyidagicha:
Zokirova Yulduz — 94 ball;
Ulashova Yulduz — 92 ball;
To‘g‘ayeva Dilbar — 92 ball;
Raximova Shahnoza — 92 ball;
Jabborova Gulchehra — 88 ball.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi kuzgi pedagoglar attestatsiyasi 26-oktyabr kunidan boshlandi. Jarayonlar 28-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan. Kuni kecha 29-oktyabr kuni ona tili va adabiyot hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanlari o‘qituvchilari uchun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 30-oktyabr jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.
Pedagoglar uchun spetsifikatsiya asosida tuzilgan namunaviy testlar Sinovtest.uz platformasida joylashtirilgan. Ushbu testlar orqali attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.
