Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari o‘zgartirildi. Talabgorlar imtihonlarda qatnashish uchun 30-oktabrga qadar my.gov.uz orqali qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
2026-yil 16-oktabr kuni ushbu to‘rtta fan bo‘yicha navbatdagi milliy sertifikat imtihonlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlangan edi. Talabgorlar soni 213 ming nafardan oshgani sababli imtihonlarni qo‘shimcha kunlarda o‘tkazish belgilandi.
Imtihonlar quyidagi sanalarda tashkil etiladi:
- Biologiya — 21- va 23-noyabr;
- Kimyo — 22- va 24-noyabr;
- Fizika — 24-noyabr, qog‘oz shaklida;
- Matematika — 28-, 29- va 30-noyabr.
Fizika fanidan imtihon talabgorlar sonidan kelib chiqib, an’anaviy — qog‘oz shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihonlar jadvaliga o‘zgartirish kiritilgani sababli talabgorlar uchun qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi.
Imtihonda qatnashish istagida bo‘lganlar 30-oktabr kuni ham my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Avvalroq, Oktyabrda oyida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilingani haqida ma’lumot bergan edik.
