Ta’limni rivojlantirish markazi 9 oyda qanday ishlarni amalga oshirdi?

Ta’limni rivojlantirish markazi 9 oyda qanday ishlarni amalga oshirdi?

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida darsliklarni takomillashtirish, xalqaro baholash tadqiqotlarini o‘tkazish va pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan brifing o‘tkazdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Unda ta’lim sifatini baholash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tadqiqotlar va ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bolalarning qobiliyatini erta aniqlash tizimi sinovdan o‘tkazildi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bolalarning qiziqishi va qobiliyatlarini erta aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika tizimi yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ushbu tizim sentabr oyida Toshkent shahridagi uchta maktab va uchta maktabgacha ta’lim tashkilotida sinovdan o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maxsus topshiriqlar orqali bolalarning fikrlash, ijodkorlik, til o‘rganish va muloqot qilish qobiliyatlari baholandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Natijalarni tahlil qilish va kuzatib borish uchun elektron platforma ham ishga tushirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha UNICEF, Kembrij ekspertlari va mahalliy hamkor tashkilotlar ishtirokida umumiy o‘rta ta’limda yagona baholash va monitoring tizimini rivojlantirishga qaratilgan milliy dastur loyihasi ishlab chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlari o‘tkazildi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xalqaro baholash tadqiqotlari doirasida respublikaning 14 ta hududidagi 164 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov bosqichi o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

TIMSS 2027 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari esa 27 ta maktabda tashkil etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

O‘quv dasturlarini takomillashtirish yo‘nalishida matematika, tabiiy fanlar, kimyo, informatika va musiqa fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Hisobot davrida 110 ta darslik va 18 ta o‘quv-metodik majmua ekspertizadan o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shuningdek, 120 dan ortiq darslik, dastur va metodik qo‘llanma ilmiy-metodik kengashlarda muhokama qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Metodik marafon”da 343 mingdan ortiq pedagog qatnashdi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 310 ta o‘quv va metodik material tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Metodik marafon” tadbirlarida respublika bo‘yicha 343 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ular uchun 4 600 dan ortiq mahorat darslari tashkil etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasidagi 13 ta “MEET up” muloqot uchrashuvida esa 5 700 nafardan ortiq o‘qituvchi qatnashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maktab rahbarlarining boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham e’tibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Avgust oyida 205 nafar rahbar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etilib, ular orasidan 130 nafar trener tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ushbu trenerlar ishtirokida maktab direktorlari uchun onlayn seminarlar o‘tkazildi va ularda 10 mingdan ortiq kishi qatnashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bundan tashqari, maktab direktorlari uchun “Samarali maktab” metodik qo‘llanmasi hamda 56 soatlik “Ta’limda strategik boshqaruv” onlayn kursi tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Inklyuziv ta’lim bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Psixologik xizmat va inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida 819 nafar hududiy trener tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun individual rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shuningdek, ularning bilimini baholash va ta’lim muhitiga moslashishini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

O‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ “Beshinchi ustozlar milliy forumi” doirasida hududiy pedagogik mahorat markazlarining 14 nafar o‘zbek tili metodisti milliy master-trener sifatida tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, o‘zbek tili o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun treninglar o‘tkazilib, yana 166 nafar master-trener tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ O‘zbek tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan interfaol platforma uchun 300 ta illyustratsiya, 50 ta audioyozuv va videomateriallar tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ta’limda 10 mingdan ortiq raqamli resurs yaratildi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Markazning Yagona raqamli ta’lim resurslari va xizmatlari portali rivojlantirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Raqamli muhitda 25 ta quyi platformani qamrab olgan 10 mingdan ortiq ta’lim resursi va multimedia vositasidan iborat kontent yaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ulardan 6 400 dan ortig‘i ekspertizadan o‘tkazildi, yangi darsliklar asosida 900 dan ortiq raqamli material yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

O‘quvchilar uchun “Xavfsiz internet” kursi, pedagoglar uchun esa raqamli savodxonlik va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanishga oid o‘quv materiallari ishlab chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va yagona raqamli ta’lim tizimini shakllantirish bo‘yicha qaror loyihalari tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ta’limning turli bosqichlarida foydalanilayotgan qariyb 40 ta axborot tizimi tahlil qilinib, ularning ma’lumotlarini yagona tizimga birlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xalqaro hamkorlik doirasida UNICEF, Kembrij, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Qozog‘istonning «Orleu» instituti va boshqa xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠