1-noyabrdan ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1-noyabrdan ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2026-yil 1-noyabrdan ta’lim sohasida bir qator yangiliklar kuchga kiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jumladan, “El-yurt umidi” jamg‘armasining ikkinchi stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlanadi, maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi xalqaro loyiha yo‘lga qo‘yiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz 2026-yil 1-noyabrdan ta’lim sohasiga oid muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlash o‘rgatiladi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab 1–4-sinf o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Loyiha Prezidentning 2026-yil 20-yanvardagi tegishli qarori asosida qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi doirasida amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dastlab Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi yettita, Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi jami oltita umumta’lim maktabida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“El-yurt umidi” stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli boshlanadi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2026-yil uchun ikkinchi ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tanlov doirasida xorijiy universitetlarning bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida tahsil olish istagidagi nomzodlar stipendiya uchun ariza topshirishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hujjatlar 1-noyabrdan 15-noyabrga qadar, shu kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Arizalar jamg‘armaning maxsus onlayn platformasi orqali yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 140-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, umumta’lim maktablarida kuzgi ta’til olti kalendar kun davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shunga ko‘ra, 2026-yilda o‘quvchilar 4–9-noyabr kunlari dam olishi, ikkinchi chorak darslari esa 10-noyabr, seshanba kuni boshlanishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Musiqa o‘qituvchilari malaka imtihoniga 10-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026-yil 30-noyabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun malaka imtihonining birinchi bosqichi — test sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Imtihonda ishtirok etish uchun talabgorlar 10-noyabrga qadar, shu kuni ham, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Test varianti tafsilotlari va topshiriqlar formatlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Joriy o‘quv yili uchun talabalarga kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirilgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2026-2027-oʻquv yili uchun kontraktni toʻlash va abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan hamda oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Belgilangan muddatga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠