Vazir o‘rinbosari didjeylikka qiziqishi va G‘afur G‘ulomning nabirasi ekani haqida gapirdi

Vazir o‘rinbosari didjeylikka qiziqishi va G‘afur G‘ulomning nabirasi ekani haqida gapirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Yo‘ldoshev elektron musiqaga 1990-yillarning oxirida qiziqa boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ U musiqiy qiziqishi, yangi lavozimida sevimli mashg‘ulotiga vaqt topish imkoniyati va mashhur ijodkor G‘afur G‘ulom bilan qarindoshligi haqida gapirdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

20-oktabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Oybek Yo‘ldoshevning 2024-yilda “Stixiya” festivalida didjey sifatida ishtirok etgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Bu esa jamoatchilikda uning musiqiy hobbisiga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

27-oktabr kuni “InnoWeek-2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ochilishidan so‘ng Gazeta.uz muxbiri Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Elektron musiqa — o‘ziga xos dunyo

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Oybek Yo‘ldoshevning elektron musiqaga qiziqishi 1997-yilda nemis didjeyi ATBning “9 PM (Till I Come)” kompozitsiyasini tinglaganidan boshlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ 1999-yilda taqdim etilgan “Movin’ Melodies” albomi esa uning ushbu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Trans musiqasi bilan u amakivachchasi olib kelgan audioyozuvlar orqali tanishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Dastlab shunchaki musiqa tinglashdan boshlangan qiziqish vaqt o‘tishi bilan yangi treklarni izlash va shaxsiy kolleksiyasini shakllantirishga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Dastlab trans musiqani tinglab, asta-sekin o‘z kolleksiyamni to‘play boshlaganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Vaqt o‘tishi bilan bu shunchaki musiqa emas, balki o‘z madaniyati, estetikasi va ichki mantiqiga ega alohida bir olam ekanini angladim”, — deydi Yo‘ldoshev.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

2001–2002-yillarda Angliyada magistraturada tahsil olgan davrida uning musiqiy dunyoqarashi yanada kengaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan muloqot qilish orqali u haus va elektron musiqaning boshqa janrlari bilan ham tanishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Paul Oakenfold, Sasha, John Digweed, Hernan Cattaneo, Dave Seaman va Nick Warren kabi didjeylar ijodi uning musiqiy didiga ta’sir ko‘rsatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Renaissance va Global Underground to‘plamlari ham uning sevimli musiqiy manbalari qatoridan joy olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Aynan Angliyada o‘qigan yillari Yo‘ldoshev musiqaga boshqacha nazar bilan qaray boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“O‘sha davrda didjey setini shunchaki treklar ketma-ketligi emas, balki boshlanishi, rivoji va avji bor yaxlit musiqiy sayohat sifatida tushuna boshladim”, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Oybek Yo‘ldoshev didjeylikni qanday o‘rgangan?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Yo‘ldoshev didjeylikni ham Angliyada o‘qigan paytida o‘rgana boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ 2001-yilda yunonistonlik tanishlari unga olti kanalli mikser sotib, undan foydalanishni o‘rgatishgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

U mikserga portativ CD pleyerli Walkman va musiqa markazini ulab, kompozitsiyalarni bir-biriga moslashtirishni mashq qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Yillar davomida uning musiqiy qiziqishlari ham kengayib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Trans va progressiv hausdan tashqari, texno, minimal hamda atmosferasi chuqurroq elektron musiqa yo‘nalishlari ham uning e’tiborini tortgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Men uchun bir janr bilan cheklanib qolmaslik, progressiv musiqa, elektronika va chuqur texno kesishmasida o‘zimga xos ovoz va kayfiyatni izlash muhim”, — deydi Yo‘ldoshev.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Bu — men uchun jiddiy hobbi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Oybek Yo‘ldoshev o‘zini professional didjey deb hisoblamaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ U uy sharoitida yangi elektron musiqalarni izlash, to‘plash va mustaqil ravishda mikslar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Ingliz tilida bunday havaskorlik faoliyati “bedroom DJ” deb ataladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“To‘g‘risini aytsam, o‘zimni professional didjey deb hisoblamayman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Men ko‘proq uyda o‘tirib, elektron musiqalarni izlaydigan, to‘playdigan va mustaqil ravishda didjeylikni o‘rganadigan odamman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Bu — men uchun jiddiy hobbi”, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

2024-yilda Yo‘ldoshevga “Stixiya” elektron musiqa festivalida chiqish qilish taklif etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ U bu taklifni o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish va sevgan musiqalarini kengroq auditoriyaga taqdim etish imkoniyati sifatida qabul qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Meni taklif qilib, ishonch bildirganlari uchun katta rahmat aytmoqchiman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Men uchun eng muhimi — yangi topgan musiqalarimni, boshqalar hali eshitmagan treklarni odamlar bilan bo‘lishish”, — deydi vazir o‘rinbosari.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

U festivaldan tashqari, do‘stlarining taklifiga ko‘ra ayrim tadbirlarda ham musiqa qo‘yib turadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Biroq bu mashg‘ulotni asosiy kasbiga aylantirish niyatida emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Yo‘ldoshev uchun didjeylikning mazmuni shunchaki ommabop qo‘shiqlarni ijro etishdan iborat emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ U tinglovchilarga yangi musiqalarni kashf etish imkonini berishni muhim deb biladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Didjeyning vazifasi faqat mashhur treklarni qo‘yish emas, balki odamlarga ular hali eshitmagan musiqalarni ochib berish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Agar tinglovchi set davomida yangi musiqani kashf etsa, demak, buning o‘zi katta natija”, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Uning aytishicha, musiqa nafaqat hordiq chiqarish, balki diqqatni jamlash va kuchni tiklash vositasi hamdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Didjeylik davomida shakllangan vaqtni his qilish, jarayonni to‘g‘ri tashkil etish va muhim lahzalarni ajratish kabi ko‘nikmalar kasbiy faoliyatda ham foyda berishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Yangi lavozimda didjeylikka vaqt qoladimi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

20-oktabr kuni ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanganidan keyin Yo‘ldoshevning zimmasiga yangi vazifalar yuklandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Shu sababli uning sevimli mashg‘ulotiga qancha vaqt ajrata olishi ham qiziq savollardan biri bo‘lib qolmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Vazir o‘rinbosari bu masalada hozircha aniq reja yo‘qligini, hammasi ish yuklamasi va oilaviy sharoitga bog‘liq bo‘lishini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Ishni endi boshladik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Oldimda turgan vazifalar juda ko‘p, bildirilgan ishonch uchun minnatdorman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Didjeylik bilan qanchalik shug‘ullana olishimni esa ish va oilaviy sharoitga qarab ko‘ramiz”, — deydi Yo‘ldoshev.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Shunday qilib, uning elektron musiqaga bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolishi mumkin, biroq yangi lavozimdagi vazifalar sevimli mashg‘ulotiga ajratiladigan vaqtga ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Oybek Yo‘ldoshev — G‘afur G‘ulomning nabirasi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

Suhbat davomida Yo‘ldoshevning mashhur o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom bilan qarindoshligi haqidagi ma’lumot ham tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarga oydinlik kiritgan vazir o‘rinbosari shoirning kenja qizidan tug‘ilganini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

“Men G‘afur G‘ulomning kenja qizining o‘g‘liman, ya’ni nabirasiman”, — dedi Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Yo‘ldoshev.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠⁠