Kuchli yomg‘ir sabab Hindistonda bir necha maktablar yopildi

Kuchli yomg‘ir sabab Hindistonda bir necha maktablar yopildi

Bugun Hindistonning bir necha hududlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida maktablar vaqtinchaga yopildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hindistonning Chhattisgarh shtatidagi Raipur shahrida kuchli yog‘ingarchilik xavfi sababli joriy yil 29-oktyabr kuni maktab va kollejlar yopildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ “Arnab” sikloni ta’sirida shtatda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatilishi kutilayotgani ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shtatning 12 ta tumanida ob-havo xavfi yuzasidan ogohlantirish e’lon qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Mahalliy ma’muriyatlar suv toshqini, chaqmoq chaqishi, inshootlarning shikastlanishi va elektr ta’minotidagi uzilishlar ehtimoliga qarshi choralar ko‘rilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, Ranchi, G‘arbiy Singhbhum, Sharqiy Singhbhum va Simdega tumanlari ma’muriyatlari maktablarda 28-29-oktyabr kunlari darslar to‘xtatilishini e’lon qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

The times of India nashrining yozishicha, ta’lim muassasalarini yopish Hindiston meteorologiya departamentining yomg‘ir, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi va kuchli shamol davom etishi haqidagi ogohlantirishi ortidan ehtiyot chorasi sifatida belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hindiston maktab ta’limi vaziri Gajendra Yadav ob-havo sharoiti sababli xavf ostida qolishi mumkin bo‘lgan tumanlarda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki kunlik ta’til e’lon qilishni tavsiya qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugun, 29-oktyabrda Raipur shahri qalin bulutlar bilan qoplangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shahar va shtatning boshqa hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, salqin va kuchli shamollar kuzatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ “Arnab” sikloni Andhra-Pradesh shtati sohillaridan o‘tganidan so‘ng mamlakat ichkarisiga siljigan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kuchli yomg‘ir sabab Hindistonda bir necha maktablar yopildi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kuchli yomg‘ir sabab Hindistonda bir necha maktablar yopildi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, siklon quruqlikka yetib kelganida shamolning doimiy tezligi soatiga 125–135 kilometrni tashkil etgan, ayrim paytlarda esa 150 kilometrgacha yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Arnab” sikloni – 2026-yil oktabr oyi oxirida Hindiston okeanining shimoliy qismida (Bengal qoʻltigʻida) hosil boʻlgan va Hindistonning sharqiy sohillariga yopirilgan kuchli tropik siklondir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ “Arnab” nomi Bangladesh tomonidan taklif etilgan boʻlib, bengal tilida “okean” yoki “dengiz” degan maʼnoni anglatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik xavfi Chhattisgarh shtatining shimoliy va markaziy hududlariga siljishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Hindiston meteorologiya departamenti ayrim joylarda kuchli va juda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi hamda kuchli shamol kuzatilishi mumkinligini prognoz qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Xavfli hududlarda shamol tezligi soatiga 60–80 kilometrga yetishi, ayrim joylarda esa yanada kuchli shamol esishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shtat janubidagi Bastar, Bijapur, Dantewada, Kondagaon va Sukma tumanlari kuchaytirilgan ob-havo ogohlantirishi e’lon qilingan hududlar qatoriga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Gariaband, Raigarh va boshqa tumanlarda ham yomg‘ir kuzatilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bir qator hududlarda havo harorati pasaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Prognozlarga ko‘ra, noqulay ob-havo siklonning dastlabki ta’siri kuzatilgan hududlardan tashqariga ham tarqalishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Raipur tumani ma’muriyati politsiya, sog‘liqni saqlash, daromadlar boshqarmasi, mahalliy boshqaruv organlari hamda elektr ta’minoti idoralariga ob-havo bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tayyor turish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Favqulodda vaziyatlarga javob beruvchi guruhlar va yong‘in xavfsizligi xizmatlari shay holatga keltirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, mas’ullarga pastqam hududlar, drenaj tizimlari, xavfli inshootlar va elektr uzatish liniyalarini nazorat qilish topshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Kuchli yomg‘ir sabab Hindistonda bir necha maktablar yopildi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Aholiga yordam ko‘rsatish va ob-havo bo‘yicha ogohlantirishlarni kuzatib borish uchun tezkor shtab tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Fuqarolarga zaruratsiz safarlardan tiyilish, suv bosgan yo‘llar va soylardan uzoq turish, chaqmoq chaqishi va kuchli shamol vaqtida bino ichida qolish tavsiya etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hindiston meteorologiya departamenti 29-oktyabr kuni ham Chhattisgarh shtatining bir qator hududlarida beqaror ob-havo saqlanib qolishini prognoz qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, yomg‘ir va momaqaldiroqli jala davom etishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shimoliy va markaziy tumanlarning ayrim joylarida kuchli va juda kuchli yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib qoladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠ Momaqaldiroq va kuchli shamol esa rasmiylar tomonidan asosiy xavf omillari sifatida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Istanbulda kuchli yomg‘ir oqibatida maktablarda darslar bekor qilinib, tirbandlik 89 foizga yetgani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠⁠