Joriy yil noyabr oyida Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi tashkil etiladi. Unda dunyoning 32 ta mamlakatidan yosh kimyogarlar ishtirok etishi kutilmoqda.
2026-yilning 3–10-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri dunyoning 32 ta mamlakatidan tashrif buyuradigan yosh kimyogarlarni birlashtiradi.
Olimpiada ilk bor 2023-yilda Xiva shahrida o‘tkazilgan. Unda 15 ta davlatdan 130 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashgan. 2025-yilda Toshkentda tashkil etilgan ikkinchi olimpiadada 16 ta davlatdan 115 nafar yosh kimyogar o‘zaro bellashgan. Bu yilgi mavsum esa Nukus shahrida 32 ta mamlakat doirasida bo‘lib o‘tadi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi (ARBIChO) maktab o‘quvchilarining kimyo faniga oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan xalqaro bilimlar bellashuvidir.
Xalqaro olimpiadada medal qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Xususan:
- Oltin medal sohibiga — 12 BHM (5 280 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 50 BHM (22 000 000 so‘m);
- Kumush medal sohibiga — 8 BHM (3 520 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 35 BHM (15 400 000 so‘m);
- Bronza medal sohibiga — 6 BHM (2 640 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 30 BHM (13 200 000 so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bu yerda
Avvalroq, dekabr oyida talabalar oʻrtasida biologiya fani boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro olimpiada oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi.

