Samarqandda oʻqituvchi 8-sinf oʻquvchi qizni sinfdoshlari oldida kaltakladi (video)

Samarqandda oʻqituvchi 8-sinf oʻquvchi qizni sinfdoshlari oldida kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizni sinfdoshlari oldida kaltaklagani aks etgan videolavha tarqaldi. Bu bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Samarqand viloyati MMTB munosabatiga ko‘ra, voqea joriy yilning 23-oktyabr kuni Jomboy tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabining 8-“G” sinfida fizika darsi vaqtida sodir boʻlgan.

 

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida o‘rganilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini kitob o‘qiy olmagani sababli urgani haqida xabar bergan edik.