Sentyabrda o‘tkaziladigan chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Sentyabrda o‘tkaziladigan chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil sentyabr oyida ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan malaka imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihonlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 29-avgustgacha davom etadi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil sentyabr oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazilishi e’lon qilindi.

 

Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi 29-avgust, to‘lovni amalga oshirishning oxirgi sanasi esa 30-avgust etib belgilangan.

 

Malaka imtihonlari 2026-yil 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli hudud uchun ajratilgan o‘rinlar to‘lgach, mazkur hudud bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.

 

Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

 

Ma’lumot uchun, nemis va fransuz tillari bo‘yicha malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi.

 

Avvalroq, ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari boʻyicha malaka imtihonlari 24–25-avgust kunlari boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish