Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 2026/2027-o‘quv yili uchun 11 ta kasb yo‘nalishida 200 nafar iqtidorli yosh o‘qishga qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim jarayoni ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlashga yo‘naltirilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, texnikumda Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilg‘or ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim jarayonida dual ta’lim tizimidan foydalanilib, nazariy bilimlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lashga e’tibor qaratilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Muassasani barpo etish uchun davlat budjetidan 72,4 milliard so‘m ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 5,2 gektar maydonda 1 100 o‘rinli ikkita o‘quv binosi, 300 o‘rinli yotoqxona, sport zali, 200 o‘rinli oshxona hamda zamonaviy jihozlangan ikkita o‘quv ustaxonasi qurilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yili uchun 11 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar iqtidorli yosh imtihon asosida saralab olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta’lim ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etilib, bitiruvchilarni egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, texnikum Xorazm viloyatidagi boshqa kasbiy ta’lim muassasalari uchun ham amaliy baza vazifasini bajaradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Hududdagi ta’lim muassasalarining qariyb 4 300 nafar o‘quvchisi texnikumdagi ustaxona va laboratoriyalarda amaliyot o‘taydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, bunday ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezident texnikum hududidagi Kasblar shaharchasi faoliyati bilan ham tanishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu yerda yoshlarning qiziqishi va qobiliyatini erta aniqlash hamda ularni muayyan kasblarga yo‘naltirish uchun sharoit yaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Kasblar shaharchasida “O‘zing yasab ko‘r” tamoyili asosida o‘quvchilar zamonaviy uskunalarda bevosita ishlab, amaliy ko‘nikmalar hosil qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda transport va logistika, sanoat va qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi hamda “yashil” energetika kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar qamrab olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Majmua yirik ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va kelgusida bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona tizimni yaratishga xizmat qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Davlat rahbari yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talab qilayotgan kasblarga sifatli o‘qitish, ta’lim dasturlarini ish beruvchilar ehtiyojiga moslashtirish va mazkur tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish muhimligini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠