Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Muhokamalar portaliga qo‘yilgan qaror loyihasi bilan Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari toʻgʻrisida va Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchasi”ni tashkil etish va faoliyatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan.

 

Jamoatchilik muhokamasi uchun “Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Unga ko‘ra, ichki va tashqi mehnat bozori uchun raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni tayyorlash maqasadida Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari tashkil etiladi.

 

Ilgʻor texnikumda amaldagi qonunchilikka muvofiq boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi.

 

Unda har bir guruhdagi oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi va oʻquvchilar belgilangan tartibda qabul qilinadi.

 

Ilgʻor texnikumda xalqaro standartlar (ISO, WorldSkills va boshqalar) asosida oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida taʼlim beriladi;

 

Ilgʻor texnikumlar va ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida reyting koʻrsatkichlari ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, qaror bilan Ilgʻor texnikumlarda “Kasblar shaharchasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.

 

Kasblar shaharchasining maqsadi — maktab oʻquvchilarini toʻgʻri kasb tanlashga undash, kasblarga mehr uygʻotish va kelgusidagi taʼlim trayektoriyasini ongli ravishda tanlashiga koʻmaklashish.

 

“Kasblar shaharchasi” quyidagi interaktiv zonalardan tashkil topadi:

 

– axborot-maslahat zonasi;

– texnologik zona;

– sanoat va muhandislik zonasi;

– servis va xizmat koʻrsatish zonasi;

– mahorat maydonchasi.

 

Bundan tashqari, “Kasblar shaharchasi”da maktab oʻquvchilari uchun kasblar olamiga sayohatlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:

 

  • maktab oʻquvchilariga mehnat bozorida talab etiladigan kasblar boʻyicha maʼlumotlar beriladi;

 

  • zamonaviy IT platformalar yordamida oʻquvchilarning kasbiy moyilligi aniqlanadi;

 

  • ilgʻor texnikum ustaxonalarida real uskunalar bilan ishlash, master-klasslarda qatnashish va kichik loyihalarni amalga oshirish oʻrgatiladi;

 

  • 9-sinfdan soʻng qaysi texnikumda, qaysi kasb va mutaxassislikda oʻqish boʻyicha individual maslahat beriladi.

 

Quyidagi havola orqali jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish mumkin: LOYIHA