Talimxabarlari.uz manbasiga ko‘ra, Navoiy davlat universiteti rektori — Muxiddin Baxriddinovich Kalonov lavozimidan ozod etildi.
Bugun Ta’lim va ilm-fan vazirligi Erkinjon Turdimov Navoiy shahrida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Unda Navoiy davlat universiteti rektori — Muxiddin Baxriddinovich Kalonov lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan.
Muxiddin Kalonov 2002–2018-yillarda “Avtodaryotrans-ilm” Respublika davlat ilmiy-metodik markazida ilmiy xodim, iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari hamda bosh direktor lavozimlarida ishlagan.
2018–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktori, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professori, “Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasi mudiri hamda “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020–2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori bo‘lgan. 2024-yildan hozirga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
