Bugundan maktab maslahatchilari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi

Bugundan maktab maslahatchilari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi

Respublikadagi umumta’lim maktablari uchun maktab maslahatchilarini saralashning navbatdagi bosqichi boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 6-iyuldan 18-iyulgacha davom etadigan suhbatlarda test sinovlarida yuqori ball to‘plagan 19 294 nafar nomzod ishtirok etadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun 6-iyul sanasidan boshlab belgilangan jadval asosida respublikaning barcha hududlarida maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning suhbat bosqichiga start berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabar berganimizdek, ikkinchi mavsum uchun suhbat bosqichi 6–18-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tanlovning ikkinchi mavsumi doirasida respublikadagi 7 695 ta umumta’lim maktabi uchun vakant o‘rinlar e’lon qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur vakansiyalar uchun jami 42 932 nafar nomzod hujjat topshirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Dastlabki saralashdan so‘ng belgilangan talablarga mos kelgan 38 303 nafar talabgor test sinovlarida ishtirok etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 19 294 nafar nomzod tanlovning navbatdagi bosqichi — suhbat jarayoniga yo‘llanma olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, maktab maslahatchisi lavozimiga nomzod oliy ma’lumotga ega bo‘lishi shart.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bakalavr diplomi majburiy bo‘lib, magistratura yoki ilmiy darajaga ega bo‘lish ustunlik beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, nomzod pedagogika yoki psixologiya yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy yilning 1-oktyabridan boshlab O‘zbekistonning bir qator hududlaridagi maktablarda “maktab maslahatchisi” lavozimi joriy etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlardan maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik, ta’lim standartlari hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlarni yaxshi bilish talab etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, davlat tilini mukammal bilishi, xorijiy tillardan kamida bittasini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgani maqsadga muvofiq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktab maslahatchisi kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar) hamda internet va zamonaviy axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalana olishi zarur.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ishga qabul qilish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, tavsiyanomani ko‘rib chiqish, ariza topshirish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Belgilangan tartibga ko‘ra, nomzodlar Respublika “Kelajak” markazlari tavsiyasi asosida maktablarda faoliyat boshlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Barcha jarayonlar tasdiqlangan muddatlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, maktab maslahatchisi lavozimi yuzasidan berilayotgan ba’zi savollarga javob bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠