Maktab maslahatchisi lavozimiga nomzod bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirishi mumkinmi?

Maktab maslahatchisi lavozimiga nomzod bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirishi mumkinmi?

Maktab maslahatchisi lavozimi uchun arizalar qabul qilinayotgan bir vaqtda, nomzodlar tomonidan berilayotgan ba’zi savollarga javoblar bilan tanishishingiz mumkin.

 

Agar nomzod xatolik bilan boshqa hudud yoki boshqa maktabni tizimga kiritib qoʻygan boʻlsa, uni toʻgʻirlash mumkinmi?

 

— Bu holatda hududiy, tuman-shahar “Kelajak” markazlariga sabablarini keltirgan holda ariza bilan murojaat qilish lozim.

 

Nomzod maktab maslahatchisi lavozimiga ariza topshirayotganda, maktabning ta’lim tilini inobatga olinishi kerakmi?

 

— Ma’lumki, respublikamizdagi maktablarda 7 ta tilda ta’lim olib boriladi. Shu bois, nomzod ariza topshirish davomida maktabning ta’lim tilini inobatga olinishi kerak. Aks holda ariza rad etiladi.

 

Men kunduzgi ta’limda 4-bosqich talabasiman, maktab maslahatchisi lavozimida ishlash uchun ariza topshira olamanmi?

 

— Ha, agar siz oliy ta’lim muassasasida 4-bosqichni tamomlayotgan bo’lsangiz tanlovga ariza topshira olasiz. Shuningdek, sirtqi ta’limda 5-bosqichda tahsil olayotgan talabalar ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun o’z nomzodlarini ilgari surishlari mumkin.

 

Nomzod bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirishi mumkinmi?

 

— Yo’q, tegishli nizomga ko’ra, har bir nomzod faqat 1 ta maktabga ariza topshirishi mumkin.

 

Eslatma: maktab maslahatchisi lavozimi uchun arizalar qabuli tanlov.uzedu.uz platformasi orqali 12-maygacha davom etadi.

 

Avvalroq, maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berilgan edi.