“Esse yozishga ko‘proq urg‘u berdik”: Angrenda bir maktabning 70 nafardan ortiq o‘quvchisi o‘zbek tili va adabiyotidan sertifikatga ega bo‘ldi

“Esse yozishga ko‘proq urg‘u berdik”: Angrenda bir maktabning 70 nafardan ortiq o‘quvchisi o‘zbek tili va adabiyotidan sertifikatga ega bo‘ldi

Toshkent viloyati Angren shahridagi 20-maktabning 9–11-sinf o‘quvchilaridan 70 dan ortig‘i o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Hamidullayeva Nastarin Dilovarovna, Choriyeva Hayotxon O‘ktamovna, Jumaboyeva Ziyoda Abduxamid qizi hamda Abduqahhorova Xurshida Maxmud qizi kabi o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etgan.

 

Ushbu natijalarga maktabning oliy toifali o‘qituvchilari — Xayrullayeva Rayhon Norqobilovna hamda Jumayeva Muhayyo Akmamatovna tomonidan olib borilgan tizimli tayyorgarlik sabab bo‘lgan. Ular bilan Talimxabarlari.uz sayti muxbiri ayrim savollarga javob oldi.

 

“Muvaffaqiyat siri — tinimsiz mehnat”

 

O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, oliy toifali pedagog hamda milliy sertifikat sohibasi Rayhon Xayrullayevaning aytishicha, bunday natijaga erishishda tinimsiz mehnat muhim omil hisoblanadi.

 

Albatta, bunday natijaning siri tinimsiz mehnat va harakatda. Men 22 yildan beri o‘quvchilarni oliy ta’limga kirish imtihonlariga tayyorlab kelaman. Milliy sertifikat joriy qilingach, avvalo o‘zim imtihonga kirib, tizim bilan tanishib chiqdim. Shundan so‘ng, o‘quvchilarni ham tayyorlashni boshladik, — deydi u.

 

Uning ta’kidlashicha, tayyorgarlik jarayonida o‘zi ishlab chiqqan noodatiy tahlil usulidan foydalanilib, doim yaxshi natijaga erishmoqda.

 

Milliy sertifikat sohibi bo‘lganlar quyidagilar:

 

  1. Hamidullayeva Nastarin Dilovarovna – A
  2. Abduqahhorova Xurshida Maxmud qizi – A
  3. Choriyeva Hayotxon O‘ktamovna – A
  4. Jumaboyeva Ziyoda Abduxamid qizi – A
  5. Musratillayeva Zilola Bekzodovna – B
  6. Pardaboyeva Marvarid Doniyor qizi – C+
  7. O‘rozmatov Bekzod Bahodirovich – C
  8. Abduvaitov Abdulaziz Abdurashid o‘g‘li – C
  9. Nuriddinova Gulasal Fazliddin qizi – B
  10. Norhamatova Shirin Kamoliddinovna – C
  11. To‘lqinov Mag‘zunbek Muzaffarovich – C+
  12. Abdulxayeva Charos Ziyodulla qizi – C+
  13. Bahodirova Madina Abdumajidovna – B+
  14. Abduzokirov Shoxrux Sherzod o‘g‘li – B
  15. Mirzaabdullayeva Gulruxsor Shuhrat qizi – C+
  16. Safarova Naima Anvarjonovna – B
  17. Fatullayev Shahriyor Ibodulla o‘g‘li – C+
  18. Ubaydullayev Bunyodbek Alimardonovich – B
  19. Obloqulova Asal Bahodir qizi – B
  20. Malikova Shodiyona Rustamjonovna – B
  21. Abdumajidova Azizaxon Abrorjonovna – B+
  22. Baxromov Behruzbek Abdunazar o‘g‘li – C+
  23. Eraliyeva Diyoraxon Doniyor qizi – B+
  24. Abdusodiqova Muhlisa Abdumutal qizi – B
  25. Mashrabova Shoxsanam Sherali qizi – C
  26. Abdusattorova Charos Sohibjonovna – B
  27. Abdumutolibova Dilshoda A’zam qizi – B
  28. Abdisamatova Pokiza Abdufattox qizi – B
  29. Nafasova Navro‘za Nurali qizi – B
  30. Rahimjonov Azizbek Otabekovich – C
  31. Risbekova Farangiz Ilxom qizi – C+
  32. Baxriddinova Ziyodabonu Saloxiddin qizi – B
  33. Qarshiboyeva Madinabonu Shavkat qizi – C
  34. Gafurova Nigoraxon Habibullo qizi – C
  35. Mansurova Asal Ulug‘bek qizi – C+
  36. Raxmonqulova Muxlisa Sherzod qizi – B
  37. Abdullayeva Farangiz Abduhamidovna – C+
  38. Abduqosimova Xusnida Jamshid qizi – B+
  39. To‘lqinova Maftuna Muzaffar qizi – C+
  40. Yo‘ldosheva Shabbona Fatxulla qizi – B
  41. Nimatullayeva Surayyoxon Zoxid qizi – C+
  42. Mirzakarimova Umida Raxim qizi – B
  43. Hamroyeva Ruhshona Hakimovna – C
  44. Hasanova Sohiba Sharof qizi – B
  45. Urazmatova Dinora Sobirjon qizi – B
  46. Abdug‘aniyeva Mahliyo Sarvarovna – B
  47. Shukurullayev Samirxon Ibodulloyevich – C+
  48. Safarova Madinabonu Hamidulla qizi – B
  49. Abdulhamidova Asal Alimardonovna – C+
  50. Ermatova Shahnoza Sherzod qizi – B+
  51. Zokirova Shahnoza Akbarovna – B
  52. Ibrohimova Sevinch Ikrom qizi – B
  53. Rahimjonova Gulira’no G‘iyosiddinovna – C+
  54. Xamidxo‘jayeva Munisaxon Asilxonovna – B
  55. Nurmatova Durdona Baxtiyarovna – C+
  56. Mashrabova Dilobar Rustam qizi – B
  57. Qambarova Shirin Yunusaliyevna – C+
  58. Sattorova Gulzira Odil qizi – C
  59. G‘ulomxonova Durdonaxon A’zamxon qizi – B
  60. Muhiddinova Dilroz Alisherovna – C+
  61. Mirzavaliyeva Durdona Shavkat qizi – B+
  62. Toshmaxamatova Iroda Odilovna – C+
  63. O‘ktamova Selvina Ravshanovna – C+
  64. Tojiboyeva Ziyoda Shavkat qizi – C+
  65. Eraliyeva Muslima Furqat qizi – C+
  66. Absamatov Sultonali Sheraliyevich – C+
  67. Qo‘ldoshev Azizbek Ergashevich – C+
  68. Rahmatullayeva Sug‘diyona O‘tkirovna – C+
  69. Sayfutdinova Shoxsanam Farxodovna – B+
  70. Odilova Shahrizoda Shavkatjon qizi – C+
  71. Sobirjonova Xakima Hayot qizi – B+
  72. Nishonbayeva Diyorbek Axror o‘g‘li – C
  73. Abdullayeva Nozima Bunyodovna – C
  74. G‘ayratov Murodjon Muzaffarovich – C+

 

“Natija o‘qituvchi va o‘quvchi mehnatiga bog‘liq”

 

Maktabning yana bir o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, milliy sertifikat sohibasi  va oliy toifali pedagog Muhayyo Jumayeva ham yuqori natijalar ortida o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi mehnati yotganini ta’kidlaydi.

 

Buning siri o‘quvchi va o‘qituvchining mehnatida deb bilaman. Sertifikat tizimi joriy qilinganda avvalo o‘zim imtihonga kirib ko‘rdim. Shundan so‘ng o‘quvchilarni ham tayyorlashni boshladim, — deydi u.

 

Tayyorgarlik davomida avvalo, mavzulashtirilgan maʼruza qoʻllanmalari va  testlar yechishadi. Keyin maxsus milliy sertifikat kitobidan foydalanishini bildirdi.

 

Qaysi mavzularda o‘quvchilar ko‘proq qiynaladi?

 

Ikkala o‘qituvchining aytishicha, o‘quvchilar ko‘proq morfemika va sintaktik bo‘limida qiyinchilikka duch keladi. Shuningdek, adabiyotning gʻazal va badiiy asarlar haqidagi mavzularda qiynaladi. Biroq muntazam mashq va tahlil orqali bu muammolarni bartaraf etish mumkin.

 

Pedagog Muhayyo Jumayevaning ta’kidlashicha, o‘quvchilar koʻproq esse yozishda qiynalishadi.

 

Fikrlash doiralarini, soʻz boyliklarini oshirishda qayta-qayta turli manbalardagi maʼlumotlardan foydalanamiz hamda har darsda yozilgan ishlarni tahlil qilamiz.

 

Rayhon Xayrullayeva dastlab o‘quvchilar mumtoz adabiyot: g‘azal, qit’a kabi janrlar tahlilida qiynalishadi.

 

Ko‘proq tahlil qilishda o‘qituvchi bilan birgalikda va mustaqil ishlab natijaga erishish mumkin. Milliy sertifikatning yuqori darajasi uchun 3-4 oy kerak bo‘ladi. Lekin ba’zida  2 oyda A daraja olganlar ham talaygina bo‘ldi.

 

U o‘quvchilarga tayyorgarlik uchun A.Boymirzayev va S.Nazirovlarning milliy sertifikat kitoblarini tavsiya qiladi.

 

Imtihon oldi tayyorgarligi qanday bo‘ladi?

 

Muhayyo Jumayevaning aytishicha, imtihon oldidan o‘quvchilarga ko‘proq sinov testlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, sertifikat olgan o‘quvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning tajribasi boshqalarga ulashiladi.

 

Rayhon Xayrullayeva esa yaxshi tayyorgarlik bu ishonchdir deb ruhlantiradi.

 

Shuningdek, o‘quvchilar esse yozishda ham qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, so‘z boyligini oshirish va yozma ishlarni muntazam tahlil qilish muhim ekani ta’kidlanadi.

 

O‘quvchilarga maslahat

 

O‘qituvchilarning fikricha, milliy sertifikat olishni istagan o‘quvchilar avvalo muntazamlik va irodani shakllantirishi, tanlagan ustoziga ishonib, mehnat qilishi kerak.

 

Maqsadni aniq qo‘yib harakat qilsa, albatta natijaga erishadi. O‘qish va mehnat qilish muhim, — deydi Muhayyo Jumayeva.

 

Ta’lim tizimida nimalarni yaxshilash kerak?

 

Pedagoglar fikricha, maktab darsliklarida mavjud qimmatli ma’lumotlarga qo‘shimcha sifatida grammatik qoidalar va imlo savodxonligini mustahkamlashga qaratilgan mavzu hamda topshiriqlarni ko‘paytirish ham muhim ahamiyatga ega.

 

Ushbu maktab direktori Gafurov A’zam Muhammatxonovich o‘quvchilarning ushbu yutuqlarga erishgani borasida o‘z fikrlarini bildirdi:

 

– Avvalo, bunday natijalarga erishish uchun har bir jihatga alohida e’tibor qaratdik. Ayniqsa, milliy sertifikat olishda qaysi yo‘nalishlarga ko‘proq urg‘u berish kerakligi bo‘yicha ustozlar bilan birgalikda maslahatlashdik. Bugungi kunda esse yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratganimiz natijasida shunday natijalarga erishdik.

 

Bundan tashqari, o‘qituvchilarimiz yuklamasida haftasiga ikki marta bepul to‘garak o‘tish vazifasi belgilangan. Biz ana shu to‘garaklardan samarali foydalanib, o‘quvchilarni milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlash vazifasini qo‘ydik.

 

Natijada, o‘quvchilarimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish testlarida majburiy fanlardan maksimal — 11 ballni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Hozirda o‘quvchilarimizning ko‘p qismi kimyo va biologiya yo‘nalishida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu fanlar bo‘yicha milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarimiz ham bor.

 

Ayniqsa, 9-sinf o‘quvchilarimizni misol qilib aytadigan bo‘lsak, ular ikki yil avval ona tili va adabiyot fanidan atigi ikki oy tayyorlanib, A darajagacha milliy sertifikatlar olishayotgani katta natija deb hisoblayman.

 

Avvalroq, Navoiydagi bir maktabning 23 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘lgani haqida xabar bergan edik.