Navoiydagi bir maktabning 23 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Navoiydagi bir maktabning 23 nafar o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Navoiy shahridagi 11-AFCHO‘IM maktabining 23 nafar o‘quvchisi milliy sertifikat imtihonida yuqori natija qayd etib, muddatidan oldin talabalik maqomini qo‘lga kiritdi.

 

Ma’lum qilinishicha, maktabning 21 nafar 11-sinf o‘quvchisi 189 ball to‘plab, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yetarli natijani qayd etgan. Shuningdek, ikki nafar 10-sinf o‘quvchisi ham yuqori ball to‘plagan.

 

Mazkur ta’lim muassasasi so‘nggi yillarda turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qayd etib, viloyat ta’lim tizimidagi yetakchi maktablardan biri sifatida e’tirof etib kelinmoqda.

 

Ma’lumotga ko‘ra, talabalikni naqd qilgan 23 o‘quvchining 20 nafari maksimal ballni (189 ball), bittasi 188, ikkitasi esa 186 ball to‘plagan. Bu bir maktab o‘quvchilarining muddatidan avval talaba bo‘lish ko‘rsatkichi bo‘yicha Navoiy viloyatida kuzatilgan eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi.

 

Avvalroq Navoiy shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talabalikni qo‘lga kiritgan edi. Talimxabarlari.uz o‘quvchi qiz bilan suhbat o‘tkazib, ayrim savollarga qiziqarli javob olgandi.