Abituriyentlar uchun muhim imkoniyat: BEPUL onlayn diagnostik test sinovlari boshlandi

Abituriyentlar uchun muhim imkoniyat: BEPUL onlayn diagnostik test sinovlari boshlandi

University of Business and Science (UBS), Talimxabarlari.uz hamda Sinovtest.uz platformasi hamkorligida abituriyentlar uchun kirish imtihonlari formatidagi bepul onlayn diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Mazkur loyiha oliy ta’lim muassasalariga kirishni rejalashtirayotgan yoshlarning bilim va tayyorgarlik darajasini aniqlash, test sinovlari muhitiga moslashish hamda o‘z ustida ishlashi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilab olishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan.

 

Test topshiriqlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan amaldagi spetsifikatsiyalar asosida shakllantirilgan bo‘lib, abituriyentlarga real imtihon sharoitiga yaqin tajriba taqdim etadi.

 

Yuqori natija ko‘rsatganlarga imtiyozlar

 

Diagnostik testlarda yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ular uchun ‘‘University of Business and Science’’ universitetiga qabul jarayonida (tibbiyot yo‘nalishlaridan tashqari) belgilangan imtiyozlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Ishtirok etish shartlari:

  • ishtirok etish mutlaqo bepul;
  • oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy;
  • testlarda istalgan abituriyent qatnashishi mumkin.

 

Mutaxassislar abituriyentlarga asosiy kirish imtihonlaridan avval o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish va tayyorgarlik darajasini baholash uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishni tavsiya etmoqda.

 

Mavjud fanlar kombinatsiyasi

 

Test sinovlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

 

• Ingliz tili + Matematika
• Ingliz tili + Ona tili
• Matematika + Ingliz tili
• Matematika + Ona tili
• Matematika + Fizika
• Ona tili + Ingliz tili
• Ona tili + Matematika
• Ona tili + Tarix
• Tarix + Geografiya
• Tarix + Ingliz tili
• Tarix + Ona tili
• Biologiya + Ona tili
• Biologiya + Kimyo
• Kimyo + Biologiya
• Kimyo + Matematika
• Geografiya + Matematika
• Boshqa yo‘nalishlar

 

Bugungi kunda UBS universitetining Toshkent va Namangan shaharlaridagi kampuslarida 50 ga yaqin zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud. Talabalar grant va stipendiya dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘qishni AQSh, Koreya, Malayziya hamda Yevropa davlatlaridagi hamkor oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish imkoniyatiga ega.

 

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

 

Agar siz ham bu yil talaba bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, kirish imtihonlariga tayyorgarlik darajangizni baholash uchun bepul onlayn diagnostik testlarda ishtirok eting. O‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring, natijalaringizni tahlil qiling va muvaffaqiyat sari ishonch bilan qadam tashlang.

 

Ro‘yxatdan o‘ting va test yechishni boshlang!