Yanvar–iyun oylarida o‘tkazilgan attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi shaxsiy kabinetlarga yuborildi

Yanvar–iyun oylarida o‘tkazilgan attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi shaxsiy kabinetlarga yuborildi

2026-yil yanvar–iyun oylarida attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi yuborildi.

 

Qanday tekshirish mumkin?

 

  • pedagog.uzedu.uz – platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring.
  • natijalar oynasini oching.
  • toʻplangan ballar ostidagi qaror loyihasi bilan tanishing.

 

Pedagoglar qaror loyihasi bilan tanishib chiqib, qaror loyihasi boʻyicha savollar paydo boʻlganda, hududlardagi (viloyatlardagi) ishchi guruhlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha malaka toifalari berilgan pedagoglarning Sertifikatlari tez kunlarda (1-2 kun ichida) pedagoglarning Shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.

 

Avvalroq 2026-yil 26-may va 2-iyun kunlari akademik litsey hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalari tasdiqlangan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 1-iyungacha pedagoglarning murojaatlari asosida jami 5 163 nafar pedagogga to’g’ridan-to’g’ri malaka toifasi berilgan.

 

Yanvar–iyun oylarida o‘tkazilgan attestatsiya yakunlari bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi shaxsiy kabinetlarga yuborildi

 

2026-yil bahorgi attestatsiyada toifa olgan pedagoglarning sertifikatlari tez orada shaxsiy kabinetlariga yuboriladi

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish