5 mingdan ortiq pedagogga attestatsiya sinovlarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi berildi

5 mingdan ortiq pedagogga attestatsiya sinovlarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi berildi

2026-yilning 1-yanvaridan 1-iyuniga qadar 5 163 nafar pedagogga amaldagi tartib asosida attestatsiya sinovlarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifalari berilgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq, belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlarga malaka toifalari sinov jarayonlari oʻtkazilmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri berilishi qayd etilgan.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2026-yilning 1-yanvaridan 1-iyuniga qadar pedagoglarning murojaatlari asosida jami 5 163 nafar pedagogga malaka toifasi berilgan.

 

Jumladan:

 

— 1 933 nafar pedagogga oliy malaka toifasi;

 

— 2 014 nafar pedagogga birinchi malaka toifasi;

 

— 1 216 nafar pedagogga ikkinchi malaka toifasi berilgan.

 

Qayd etilishicha, rasmiylashtirilgan malaka toifalari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

 

Avvalroq, akademik litsey va texnikumlar pedagoglarining attestatsiya natijalari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.