Akademik litsey va texnikumlar pedagoglarining attestatsiya natijalari tasdiqlandi

Akademik litsey va texnikumlar pedagoglarining attestatsiya natijalari tasdiqlandi

Xabaringiz bor, kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi. Mazkur toifa sinovlari natijalari e’lon qilindi.

 

2026-yil 26-may va 2-iyun kunlari akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalari tasdiqlandi.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini pedagog.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

 

Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar 2026-yil 12-iyun sanasi yakuniga qadar ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha Kasbiy ta’lim agentligida tashkil etilgan Apellyatsiya komissiyasiga bevosita yoki pedapellatsiya@edu.uz rasmiy elektron pochtasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin.