Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey pedagoglari attestatsiyasi sanasi ma’lum qilindi

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey pedagoglari attestatsiyasi sanasi ma’lum qilindi

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

 

Test sinovlari test.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.

 

Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:

 

  • 1-smena — soat 08:30
  • 2-smena — soat 10:30
  • 3-smena — soat 12:30
  • 4-smena — soat 14:30
  • 5-smena — soat 16:30 boshlanadi.

 

Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur:

 

— pasport yoki ID-karta;

— pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi).

 

Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.

 

Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Nukus shahri Ye.Alako‘z ko‘chasi 54-uy
Mo‘ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida

 

Andijon viloyati — Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi 8-uy
Mo‘ljal: malaka oshirish instituti

 

Buxoro viloyati — Buxoro shahridagi 44-maktab

Manzil: Buxoro shahar «Bog‘ishamol ko‘chasi, 5-uy
Mo‘ljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi);

 

Jizzax viloyati — Jizzax shahar 4-maktab

Manzil: Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 45-uy;
Mo‘ljal: viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi.

 

Qashqadaryo viloyati — Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy
Mo‘ljal: Qarshi davlat universiteti.

 

Navoiy viloyati — Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi

Manzil: Navoiy shahar Aloqa ko‘chasi 6-uy
Mo‘ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida.

 

Namangan viloyati — Namangan shahridagi 15-maktab

Manzil: Namangan shahri, Gʻishtko‘prik MFY, Uychi ko‘chasi, 329-A uy
Mo‘ljal: Chorsu.

 

Samarqand viloyati — Pedagogik mahorat markazi

Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy
Mo‘ljal: Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

 

Surxondaryo viloyati — Termiz shahridagi 14-sonli maktab

Manzil: Termiz shahar «A.Jomiy» MFY, So‘fi Olloyor ko‘chasi, 4/54-uy.
Mo‘ljal: «TERMIZ-BAQTRIYA-SAVDO» buyum bozori.

 

Sirdaryo viloyati — Guliston shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi

Manzil: Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi 55-uy
Mo‘ljal: Guliston shahar istirohat bog‘i

 

Toshkent viloyati — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.

 

Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

Manzil: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi -13A.

Mo‘ljal: “Chery” avtosaloni.

 

Xorazm viloyati — Urganch shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi (Al-Beruniy maktabi)

Manzil: Urganch shahar 4-Yuqori bog‘ mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 229-a-uy.
Mo‘ljal: Omad to‘yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi

 

Toshkent shahri — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy
Mo‘ljal: Metroning «Tinchlik» bekati, «IMZO» firmasining eski binosi.

 

Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey pedagoglari attestatsiyasi sanasi ma’lum qilindi

 

Eslatib o‘tamiz, Kasbiy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litseylarning pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun test sinovlari topshiriqlarining spetsifikatsiyalari tasdiqlangan edi.