Maktab o‘quvchilari ham bo‘lgan 4 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh fosh etildi

Maktab o‘quvchilari ham bo‘lgan 4 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh fosh etildi

Maktab o‘quvchilari ishtirokida tuzilgan 4 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh fosh etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolardan biri 4 nafar shaxsdan iborat guruh tomonidan tazyiq va tahdid ostida qolganini bildirib murojaat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aniqlanishicha, ushbu guruh jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik ishlatib, uni giyohvand moddalar tarqatishda ayblashga majburlagan hamda ushbu holatni videotasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ular jabrlanuvchini o‘ldirish bilan tahdid qilib, undan 500 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur guruh a’zolari Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi avtoturargohlardan birida pul mablag‘larini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular jami 300 AQSh dollari va 2 million 400 ming so‘m pulni olayotgan paytda ushlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Guruhdan 6 dona mobil telefon, 1 dona pichoq va 1 dona o‘tkir tig‘li buyum ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat guruhining ikki a’zosi 2006-yilda tug‘ilgan shaxslar bo‘lsa, qolganlari 2008 va 2009-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchilaridir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan guruh yetakchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik), 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) hamda 112-moddasi 1-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qolgan guruh a’zolariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Fargʻonada maktab oʻquvchilariga tahdid qilib, ularni qoʻrqitgan jinoiy guruh aniqlangani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠