Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha 2026-yil ikkimchi yarmi uchun imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida oʻtkazilishi belgilangan.
Dekabr oyida geografiya, ona tili va adabiyot, tarix va huquqshunoslik fanlaridan navbatdagi imtihonlar boʻlib oʻtadi. Ushbu fanlar boʻyicha arizalar 20-noyabrdan boshlab 4-dekabrga qadar qabul qilinadi va imtihonlar 25-29-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ariza yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, sertifikat imtihonlariga limit belgilangani sababli oʻz hududi boʻyicha joylar toʻlib qolgan holatda, imtihon topshirish uchun boshqa hududni ham tanlashi mumkin va oʻsha tanlagan joyida imtihon topshiradi.
Eslatma! Milliy sertifikat imtihoni uchun ro’yxatdan o’tganlar 24 soat ichida to’lov qilishlari kerak. Aks holda ariza bekor qilinadi va bo’sh o’rinlar uchun boshqa arizalar qabul qilinadi.
