Oʻzbekistonda oʻquv markazlari va repetitorlar soni uch yilda 3 baravarga oshdi

Oʻzbekistonda oʻquv markazlari va repetitorlar soni uch yilda 3 baravarga oshdi

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oʻquv markazlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan repetitorlar soni 38 465 taga yetdi. Bu koʻrsatkich taʼlim subyektlari soni soʻnggi uch yil davomida 3 baravarga oshganini koʻrsatadi.

 

Bugungi kunda ushbu taʼlim subyektlari tomonidan 72 mingdan ortiq ish oʻrni yaratilgan, taʼlim olayotgan yoshlar soni esa 1 million nafardan oshgan. Bu haqda “Oʻzbekiston oʻquv markazlari forumi”da maʼlum qilindi.

 

Xabar berganimizdek, O‘zbekistonda repetitorlik xizmatlari narxlari bir yilda qariyb 7 foizga oshgan.

 

Avvalroq, O‘zbekistonda IELTS imtihonidan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.