Ayni damda davlat oliy ta’lim muassasalariga qabulning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida Talimxabarlari.uz qabulning ushbu bosqichiga oid eng muhim yo’riqnoma, tushuntirish va foydali ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
Xabaringiz bor, OTMga qabulning ikkinchi bosqichi 25-iyulda boshlangan boʻlib, 8-avgust (shu kuni ham) yakuniga qadar davom etadi. Shu muddat ichida abituriyentlar test natijalaridan kelib chiqib beshtagacha oliy taʼlim muassasasi va bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlashi, shuningdek tanlov ustuvorligi, taʼlim shakli hamda maqsadli qabul boʻyicha oʻz tanlovini amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, zarurat tugʻilganda tanlov muddati yakuniga qadar kiritilgan maʼlumotlarni oʻzgartirish ham mumkin.
Qabulning ushbu bosqichida abituriyentlarni eng koʻp qiziqtirayotgan masalalar — OTM va yoʻnalishlarni qanday tanlash, grant ustuvorligini belgilash, maqsadli qabul, ijtimoiy grantlar, taʼlim krediti, talabalar turar joyiga ariza topshirish, reytingdagi oʻrinni aniqlash hamda vakant oʻrinlar uchun tanlov tartibi hisoblanadi.
Qabul jarayonida xato qilmaslik uchun Talimxabarlari.uzda eʼlon qilingan eng muhim maqola va yangiliklarni bir joyga jamladik. Quyidagi havolalar orqali oʻzingizni qiziqtirgan mavzu boʻyicha batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
Yo‘riqnoma: Platformada OTM va yo‘nalish tanlash tartibi qanday? — Batafsil;
OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? — Batafsil;
‘‘Tanlov’’ bosqichida beshta yo‘nalishni tanlash shartmi? — Batafsil;
Maqsadli va maqsadsiz qabul nima? Qaysi birini tanlash foydaliroq? — Batafsil;
Maqsadli qabulni tanlayotgan abituriyentlar nimalarga e’tibor berishi kerak? — BMBA — Batafsil;
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari uchun ajratilgan grant qanday ishlaydi? — Batafsil;
Harbiy tavsiyanomali abituriyentlar uchun qo‘shimcha kvotalar qanday taqsimlanadi? — Batafsil;
Abituriyentlar uchun oʻz oʻrnini koʻrish imkoniyati ishga tushdi — Batafsil;
Ta’lim shaklini tanlashda shoshilmang: ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi — Batafsil;
Endi birinchi kurs boʻladigan talabalar yotoqxonaga qachondan ariza topshiradi? — Batafsil;
O‘qishga kirolmagan yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etadi — Batafsil.
Shuningdek, abituriyentlar qabul jarayoniga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Janob Donish (@talimxabarlari_ai_bot) sunʼiy intellekt asosidagi virtual maslahatchi orqali ham javob olishlari mumkin.
Talimxabarlari.uz tomonidan ishlab chiqilgan ushbu sunʼiy intellekt yordamchisi oliy taʼlimga qabul, test sinovlari, taʼlim yoʻnalishlari, grant va toʻlov-kontrakt, minimal oʻtish ballari, imtiyozlar hamda qabul tartiblariga oid savollarga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy manbalar asosida 24/7 rejimida bepul javob beradi.
