“O‘z maqsadlaringizga erishishda faqat o‘zingizga ishoning”: 10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin 189 ballni naqd qildi

“O‘z maqsadlaringizga erishishda faqat o‘zingizga ishoning”: 10-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin 189 ballni naqd qildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rgʻon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sharipov Behro‘z Otabek o‘g‘li hayotda o‘z maqsadlariga erishish uchun astoydil harakat qilayotgan o‘quvchi sifatida misol bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U kimyo va biologiya fanlaridan A, o‘zbek tili va adabiyotidan B+, matematika va tarixdan esa B darajali milliy sertifikatlarni qo’lga kiritgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Behro‘z kelgusida shifokor bo‘lishni, keyinchalik xorijdagi nufuzli universitetlarda ham oʻqishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Talimxabarlari.uz sayti muxbiri mazkur o‘quvchi bilan sertifikatlarga tayyorgarlik jarayoni, qiyinchiliklari va keyingi rejalari haqida suhbatlashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Barcha fanlarimni yopaman deb o‘ylamagandim..”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Behro‘z o‘zi haqida quyidagilarni qayd etdi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Shu kungacha egallagan bilimlarim bilan malakali shifokor bo’lish niyatim bor va buning uchun tibbiyot yo‘nalishida O‘zbekistondagi oliy davlat tibbiyot oliygohlariga topshirmoqchiman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Keyinchalik esa chet eldagi nufuzli xalqaro universitetlarda ham oʻqish maqsadidaman”, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

U o‘z orzusini ro‘yobga chiqarish uchun bir yildan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Taxminan 1 yarim yil oldin 2024-yil kuzida sertifikatlar olishga harakat boshlaganman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Lekin hozirgacha barcha fanlarimdan sertifikatlar olib yopaman deb oʻylamagandim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Albatta, tayyorgarlik jarayonida oʻqituvchilarimning hissasi katta.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Asosiy fanlarim ya’ni biologiya va kimyo fanidan ikki urinishda A darajali sertifikat uchun 1 yil-u 2 oy, ona tili uchun 1 oy, matematika uchun 2 oy, tarix uchun yana 1 oy tayyorgarlik koʻrganman”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Oson yo‘lning oʻzi boʻlmaydi”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

O‘quvchi bu natijalarga darsliklar, test toʻplamlari hamda oʻqituvchilari qoʻl ostida o‘rganilgan bilimlar orqali erishganini ta’kidlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Katta maqsadlarda oson yoʻlning oʻzi boʻlmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Savollar doim oʻz qiyinchiligiga ega boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Oʻz bilimimga ishonardim, lekin hech bir imtihondan keyin aniq ishonch bilan katta ketib chiqmadim”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 “Bilimni boshqalarga o‘rgatish orqali mustahkamlash mumkin”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Behro‘zning o‘rganayotgan bilimlarini mustahkamlashdagi asosiy yondashuvi darslarda faol bo‘lish va o‘rganilgan bilimni boshqalarga o‘rgatish bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“O‘rgangan bilimni boshqalarga ham o‘rgatish kerak, bu takrorlash bo‘ladi va bilim mustahkamlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Oʻquvchi oʻzi izlanib va oʻzi ustida qancha koʻp ishlasa shunchalik oʻziga foydali boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Imtihonda esa shoshilmaslik va hayajonlanmaslik muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bitta javob chiqmagan savolda toʻxtab qolmaslik kerak, oʻzim shu usulni qoʻllab test natijamni ancha yaxshilaganman”, deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va shaxsiy motivatsiya

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Behro‘z vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni o‘zining asosiy usullaridan biri deb biladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Avvalo kun tartibini tuzish muhim, ertangi kunni bugun rejalashtirish lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Vaqtida menda ham qiyinchiliklar va vaqtni taqsimlay olmaslik holatlari uchrab turdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qachonki, ortiqcha narsalardan voz kechib vaqtni toʻgʻri taqsimlash va fokusni toʻgʻri qaratishni yoʻlga qoʻyib olgunimgacha”, deb ta’kidladi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

U, shuningdek, o’ziga motivatsiya topishga muvaffaq bo‘lish uchun qiyinchiliklarni yengib o‘tgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kecha bilish kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Maqsadlarga yetishish yoʻlida toʻyib uxlashdan voz kechishga ham toʻgʻri kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Menda ham koʻp marta uyqusiz tunlar boʻldi, ammo erishgan yutuqlarim uchun bu arzimaydi deb hisoblayman”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Ular toʻxtab qolishimni istashmagan boʻlishardi, deb oʻylayman..”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

U kelajagi uchun muhim ishlar bilan shug‘ullanayotgan bir davrda hayotidagi eng katta zarbani yaqin insonlarining yo‘qolishi bilan olganini, ammo to‘xtab qolmaslikka qaror qilganini aytadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Psixologik tayyorgarlik juda muhim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Inson doim oʻzida kuch topa bilishi zarur ekan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tushkunlikka tushgan paytlarim boʻldi, lekin oʻzimga motivatsiya qidirib buni yengib oʻtishga doim harakat qildim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Yaqinda hayotimdagi eng muhim yaqin insonlarim boʻlgan dadam va bobomni yoʻqotganim men uchun ogʻir zarba boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Lekin shuni tushundimki, toʻxtab qolmaslik kerak ekan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ular toʻxtab qolishimni istashmagan boʻlishardi, deb oʻylayman”, — deydi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maktabdagi faoliyatlar: “EcoAktivist va Tashabbuskor”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Maktabda ham Behro‘z o‘zining faol pozitsiyasini ko‘rsatib kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U hozirda EcoAktivist va EcoSchools loyihasi doirasida suvni tejash yo‘nalishida maktab sardori bo‘lib, turli tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Boʻsh vaqtimda sport bilan shugʻullanaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Endi ham oʻqishda toʻxtab qolish yoʻq, ingliz tili va rus tili fanlarini oʻrganishni boshlamoqdaman.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Maktabni bitirgunimga qadar ingliz tili fanidan milliy yoki xalqaro sertifikat olmoqchiman”.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“O‘z maqsadlaringizga erishishda o‘zingizga ishoning”

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

O‘quvchi o‘zining ilmiy yutuqlari va shaxsiy tajribalari bilan o‘z sinfdoshlari va boshqalar uchun o‘rnak bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ U har bir tengdoshiga ishonch bildirayotganlarning ishonchini oqlash uchun o‘z ustida ishlashlarini, maqsadlari sari harakatlanishlari va chekinmasliklarini maslahat beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Maslahatim sizga ishonch bildirayotganlarning ishonchini oqlash oʻzingizning qoʻlingizda, maqsadlaringiz sari olgʻa harakatlaning va chekinmang.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Tavakkal qilishdan qoʻrqmang, oʻz ustingizda koʻproq ishlang va izlaning deya olaman” deb yakunlaydi Behro‘z.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Behro‘zni o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, tibbiyot yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lgan Samarqandlik o‘quvchi Xuramboyeva E’zoza Rustam qizi bilan suhbatlashgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠