Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 28-, 29-, 30-mart va 4-, 5-, 6-, 7-aprel kunlari biologiya, tarix va fizika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi.
Imtihonlarda jami 194 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan va 77 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan.
Natijalar qachon chiqishi haqida ko’plab savollar paydo bo’lgandan so’ng, BMBA Talimxabarlari.uz ga natijalar 6-may kuni e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi.
Ayni vaqtda imtihon natijalari bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda.
Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari birga o‘tkazilganligi bois, 3 ta fanning natijasi ham bir vaqtda e’lon qilinadi.
Abituriyentlardan shaxsiy kabinetni kuzatib, yangilab borishlarini tavsiya qilamiz.
Avvalroq ushbu imtihonlarning tarix fanidan o‘tkazilgan qismida savollarining oldindan tarqalgani haqida xabarlar muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Holat bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy izoh bergan.
