Ha, albatta qabul tugagunga qadar ya’ni 30-iyul kechgacha topshirgan arizangizni tahrirlab qo’yishingiz mumkin.
Buning uchun avvalo my.edu.uz platformasiga kirib, sahifangizga kirishingiz kerak. Ushbu oynaga kirgan vaqtingiz yuborgan arizangiz va uning holati ko’rinib turadi. Shu oynada «batafsil» so’zini ustiga bosib arizangizga kirasiz.
Keyin topshirgan arizangiz va sizning ma’lumotlaringiz chiqadi. Shu yerda arizangizni jarayonlarini ko’rsatib turgan bosqichlardan keyingi «tahrirlash» so’zini ustiga bosasiz.
Undan so’ng kiritgan diplom ma’lumotlaringiz oynasi chiqadi. Bu oynada ma’lumotlaringizni tekshirib ishonch hosil qilgach, «davom ettirish» tugmasini bosasiz.
Keyingi oynada birinchi urinishda topshirgan oliy ta’lim muassasangiz va ta’lim shakli ma’lumotlari chiqadi. Shu oynada o’zingiz topshirmoqchi bo’lgan oliygohni va ta’lim shaklini ularning ustiga bosib qayta tanlashingiz mumkin.
Ushbu sahifadan o’zingizga kerak bo’lgan oliygoh va yo’nalishni tanlab bo’lganingizdan so’ng «davom ettirish» tugmasini bosasiz, va sizning kirish uchun hujjatlaringiz (yutuqlaringiz yoki til sertifikatingiz) ma’lumotlari chiqadi. Ushbu oynadagi ma’lumotlarini tekshirib, keyin to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilgach yana «davom ettirish» tugmasini bosasiz.
Shu bilan sizning arizangiz tahrirlanadi.
Ma’lumot o’rnida, arizalaringizni faqat 30-iyulga qadar o’zgartira olasiz. Undan keyin hujjatlaringizda xatoliklar aniqlanib, universitet yoki institut sizni arizangizni rad etgandan so’ng arizangizni tahrirlashingiz mumkin.







