Faoliyati tugatilayotgan xususiy universitet talabalari o‘qishini boshqa OTMga ko‘chirish boshlandi

Faoliyati tugatilayotgan xususiy universitet talabalari o‘qishini boshqa OTMga ko‘chirish boshlandi

Samarqand xalqaro texnologiya universitetining 352 nafar talabasi 1-dekabrdan o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda universitet axborot xizmati ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq Samarqand xalqaro texnologiya universiteti faoliyati tugatilayotganligi va talabalar boshqa oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim va ilm-fan vazirligi universitet bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirib, talabalar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Universitet ma’muriyati talabalarni boshqa OTMlarga ko‘chirish masalasi yuzasidan munosabat bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, vazirlik ishchi guruhi 2026-yil 13–15-noyabr kunlari universitetda bo‘lib, talabalarni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jami 352 ta ariza vazirlikka topshirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlik mas’ullari universitet rahbariyatiga ushbu arizalarni qanoatlantirish haqida qaror qabul qilinganini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik ishchi guruhiga o‘z arizalarini topshirgan 352 nafar talaba 2026-yilning 1-dekabrdan e’tiboran yozgan arizalariga muvofiq o‘zlari tanlagan oliygohga bevosita murojaat qilishlari va o‘quv jarayonlariga kirishishlari mumkinligini ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, universitet ishchi guruh jo‘nab ketganidan keyin o‘z rahbariyatiga ariza topshirgan yana 29 nafar talabaning murojaatlari vazirlikka yetkazilganini va hozirda ko‘rib chiqilayotganini qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Ayrim sabablarga ko‘ra, vazirlik ishchi guruhi jo‘nab ketgach, arizalarini universitet rahbariyatiga taqdim etgan 29 nafar talabaning arizalari vazirlikka yetkazilgan va hozirda ko‘rib chiqish jarayonida ekanini ma’lum qilamiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu kunga qadar vazirlikka ariza taqdim etmagan talabalardan 30-noyabr sanasida kelib, o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalarini topshirishlari mumkinligini bildiramiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Arizalar bilan murojaat qilishning so‘nggi muddati 2026-yilning 30-noyabr kuni ekanligini e’tiborga olishingiz so‘raladi’’, — deyiladi munosabatda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, universitetning birinchi kursiga qabul qilingan 31 nafar talabaning o‘qishni boshlash yuzasidan vazirlikning yakuniy xulosasi 30-noyabr kuni e’lon qilinishi kutilayotganligi ta’kidlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠