Qonunchilik: 15 yoshga to‘lmagan bolalar ham ishlashi mumkinmi?

Qonunchilik: 15 yoshga to‘lmagan bolalar ham ishlashi mumkinmi?

15 yoshga to‘lmagan bolalar ham qonunchilikda belgilangan ayrim yengil ishlarda faoliyat yuritishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda ularning sog‘lig‘i va o‘qishiga zarar yetkazilmasligi, shuningdek, ota-ona yoki vasiy roziligi bo‘lishi kerak.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mehnat kodeksiga ko‘ra, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki vasiylik va homiylik organining roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda ish sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga zarar yetkazmasligi, shuningdek, o‘qishiga xalaqit bermasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Masalan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Sport, madaniyat va sanʼat: teatr, kino, konsert, moda yoki reklama loyihalarida;
  • Axborot va ijodiy faoliyat: rasm chizish, dizayn, raqamli kontent yaratish, bolalar blogi, tanlov va ijodiy loyihalarda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur ishlar va lavozimlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi fayl orqali tanishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ishlovchilar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 24 soatdan oshmasligi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti esa ushbu me’yorning yarmidan, ya’ni 12 soatdan oshmasligi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, voyaga yetmaganlarni zararli va xavfli ishlarga, yer osti ishlariga, shuningdek hayoti, sog‘lig‘i, xavfsizligi va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Jumladan, tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, giyohvandlik va psixotrop moddalar hamda toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish yoki sotish bilan bog‘liq ishlarda ularning mehnatidan foydalanish mumkin emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Voyaga yetmagan xodimlarga kamida 30 kalendar kunlik yillik mehnat ta’tili beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠